Matbuot sharhlari 25.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1738516
Matbuot sharhlari 25.11.2021

Hürriyet gazetasi: Birlashgan Arab Amirliklaridan Turkiyaga muhim tashrif. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaga tashrif uyushtirgan Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zaid al-Nahyon bilan uchrashdi. Uchrashuv ortidan Turkiya bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani o‘z ichiga olgan 9 tarmoqda kelishuvlarga qo‘l qo‘yildi.

Yeni Şafak gazetasi: F-16 lar uchun milliylashtirilgan o‘q-dori podiniseriyaviy ishlab chiqarish faoliyatlari boshlamoqda. Turk mudofaa sanoatida milliylashtirilgan F-16 o‘q-dori podini seriyaviy ishlab chiqarish faoliyati boshlamoqda. Do‘st  va ittifoq mamlakatlar bilan eskport uchun muzokaralar olib borilmoqda.

Haber Türk gazetasi: Türksat 5B sun’iy yo‘ldoshi dekabr oyi oxirida uchiriladi. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, Turksat 5B sun’iy yo‘ldoshining dekabr oyi oxirida AQShning Florida shtatidagi Kanaveral bazasidan “Falcon 9” raketasi orqali uchirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Star gazetasi: TIKA Afg‘onistonda ota-onasiz qolgan bolalarning yuzini kuldirdi. Turkiya Hamkorlik va koordinatsiya agentligi TIKA, Afg‘oniston poytaxti Kobulda joylashgan “Alaaddin” nomidagi qizlar bolalar uyiga oziq-ovqat va tozalik uchun kerakli vositalar yetkazib berdi. Bolalar uyi mudir o‘rinbosari Azize Azizi, TIKAga minnatdorchilik bildirdi.  

Sabah gazetasi: Turkiyaning go‘shti qizil baliqlari yana rekord miqdorda eksport qilindi. Turkiyaning go‘shti qizil baliqlari faoliyat guruhi rahbari Os‘man Parlak, pandemiyaga qaramay ilk 10 oylik jarayonda 18 davlatga jami 120 million 946 ming 674 dollarlik eksport yo‘lga qo‘yganini qayd etdi. Parlak, eksportning 80 foizini Rossiyaga qaratilganini ham o‘z iso‘ziga ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar