Matbuot sharhlari 23.11.2021

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, moliyaviy inqirozni boshqarish bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'lgan bir davlat sifatida dunyo boshdan kechirayotgan muhim davr ochgan imkoniyatlardan foydalanishga qaror qilganliklarini bildirdi.

1737341
Matbuot sharhlari 23.11.2021

Matbuot sharhlari 23.11.2021

Haber Turk gazetasi: “Erdog’an: Imkoniyatlardan foydalanishga qaror qildik”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, moliyaviy inqirozni boshqarish bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'lgan bir davlat sifatida dunyo boshdan kechirayotgan muhim davr ochgan imkoniyatlardan foydalanishga qaror qilganliklarini bildirdi. Erdog’an: “Biz sarmoya, ishlab chiqarish, bandlik va eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatimiz bilan mamlakatimiz uchun to’g’ri ish qilishga qaror qildik.

Vatan: “Turkiya mudofaa sanoati yunon matbuotida”

Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida tashlagan qadamlarini Gretsiya ham kuzatib bormoqda. Turkiyaning mahalliy va milliy texnologiyalari yunon matbuotida keng yoritilar ekan, Afinaning Turkiyaga yetib olish uchun tashlagan qadamlari tanqid qilindi. Mudofaa sanoati sohasida Turkiyani ushlash uchun AQSh  va Fransiyadan samolyot va kemalarga buyruq bergan Afina, Anqaraga yeta olmasligini tushundi. Yunon matbuoti "Qurollanish poygasi bizni cho'ktiradi" sarlavhalarini chop qila boshladi.

Yeni Shafak gazetasi: “Afrika davlatlari Turk SİHAlari bilan terror tashkilotlarini uradi”

Marokash, Jazoir, Ruanda va Nigeriyadan keyin yana bir Afrika davlati jang maydonlarida bo'ron kabi esayotgan qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) Bayraktar TB2 ga intildi. Niger, Turk SİHA va zirhli mashinalari bilan Al-Qoida va DAISh kabi tashkilotlarga qarshi ham kurashadi. Nigerning Turkiyadan SİHA,  ta’lim  samolyoti va zirhli transport vositalarini sotib olish rejalari davlat rasmiylari tomonidan ham tasdiqlanib, "Terror tashkilotlarini Turk SİHAlari bilan uramiz" deganlari ma'lum bo'ldi.

Star: "Somalining Turkiyaga muhabbati boshqacha"

Afrikaning juda ko'p go'zalliklarga ega qit'a ekanligini tilga olgan "Ayollarni eshiting" nodavlat tashkiloti bosh direktori Deqa Salad, boshqa davlatlar sarmoya kiritishni tavakkal deb bilsalar-da, Turkiya Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an boshchiligida Somaliga borishdan tortinmaganini bildirdi. . Salad, Turkiyada ta’lim olgan somalilik yoshlarning ikki davlat o’rtasidagi do’stona munosabatlarning rivojlanishida ko’prik vazifasini o’taganini ta’kidladi.

 

Sabah : "TURKOVACda 3-bosqich ming ko'ngillilar bilan yakunlanadi"

Yangi turdagi koronavirusga (Kovid-19) qarshi ishlab chiqilgan mahalliy vaksina TURKOVACning 3-bosqichida 3000 kishi rejalashtirilgan. Hozirgacha buning 2/3 qismi bajarilgan. Mahalliy vaksinada 2022 yilda ommaviy ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk Matbuoti

Aloqador xabarlar