Matbuot sharhlari 25.10.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1724350
Matbuot sharhlari 25.10.2021

 

Star gazetasi: “Qorabog’ zaminida yangilik. Ochilishga Erdo’g’an tashrif buyuradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan zamini Qorabog’da “Fuzuliy” nomidagi birinchi xalqaro aeroport ochilmoqda. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ushbu xalqaro aeroportning ochilishida ishtirok etadi. Erdo’g’an oxirgi bir yil ichida Ozarbayjonga shu bilan uchinchi marta ziyorat amalga oshirmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Sulaymon So’ylu e’lon qildi. Jangarilar yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu mamlakatning Hakkari viloyatida ikki jangari yo’q qilinganligini ma’lum qildi. “Chukurja chegarasidan oshib o’tgan ikki jangari qurolli dronlar vositasida yo’q qilindi”,-dedi Sulaymon So’ylu.

 

Sabah gazetasi: “Tegishli vakil oltin haqida ma’lumot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya "milliy energiya va tog'-kon" siyosati doirasida faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Qishloq-xo’jaligi kredit va o’g’it madani investitsiyalari aktsiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi raisi Fahrettin Poyraz Bilejik viloyati So’g’ut tumanida joylashgan oltin konidagi faoliyatlar haqida ma’lumot berdi. “2022 yil oxirida biz birinchi oltin blokni quyib, Turkiya iqtisodiyotiga foyda keltirmoqchimiz”,-dedi Fahrettin Poyraz.

 

Yeni shafak gazetasi: “Yuqori tezlikda nishonga oladigan samolyot tizimi “Uchqun” raketaga aylantirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti huzuridagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir twitter orqali Turkiya samolyot sanoati aksiyadorlik jamiyati TUSASh tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda nishonga oladigan samolyot tizimi “Uchqun” uzoq masofadagi nishonni yo’q qilish qobiliyatiga ega bo’lgan raketaga aylantirilganligini ma’lum qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Sienna mukofoti sovrindori turk fotosuratchi Mehmet Aslan bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning 163 davlatidan fotosuratchilar ishtirok etadigan eng nufuzli fotosurat tanlovlaridan biri “Sienna Photography Awards” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. Turkiyalik fotosuratchi Mehmet Aslan Sienna Photography Awards mukofotiga sazovor bo'ldi.

Mehmet Aslan tomonidan suratga olingan “Hayotning qiyinligi” nomli fotosurat suriyalik ota va o‘g‘ilning hayoti haqida hikoya qiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar