Matbuot sharhlari 22.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1723627
Matbuot sharhlari 22.10.2021

Hürriyet gazetasi: Turkiya AQShga F-35 uchoqlari uchun bergan pulini har qanday yoʻl bilan oladi. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Angola, Togo va Nigeriyaga boʻlgan tashrifini tamomlab yurtga qaytar chogʻida jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi. Erdoʻgʻan unda, Amerika Qoʻshma Shtatlariga F-35 uchoqlari uchun berilgan 1 milliard 400 ming dollarni nazarda tutgan holda, “Pullarimizni har qanday yoʻl bilan olamiz. Turkiya haqlari yeyilishiga aslo yoʻl qoʻymaymiz”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Mevlut Chavushoʻgʻluning swap haqidagi bayonoti. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Turkiya bilan Janubiy Koreyaning ikki tomonli tijoratini davom ettira olishi uchun birgalikda faoliyat olib borishlari kerakligini belgilab oʻtgan holda: “Bu maqsadda markaziy banklarimiz oʻrtasidagi swap ya’ni valyutani boshma-bosh ayirboshlash ishini yoʻlga qoʻyish shartnomasi asosida savdo munosabatlarimizda milliy pul birligimizdan foydalanishimiz mumkin”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.   

Haber Türk gazetasi: Savdo vaziri Mehmet Mush: Turkiya-Afrika savdo hajmi 25.3 milliard dollarga yetdi. Savdo vaziri Mehmet Mush Turkiya bilan Afrika oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning jadal tus olganini ifoda etib: “2003-yili Turkiya-Afrika savdo hajmi 5.4 milliard AQSh dollarini tashkil etar ekan 2020-yilga kelib bu raqam 25.3 milliard AQSh dollariga yetdi”.-dedi.

Star gazetasi: Turkiyadan mintaqada iqtisodiy hamla. Qoʻshma bayonot chop etildi. Tashqi Iqtisodiy munosabatlar tashkiloti tomonidan Savdo vazirligi va Afrika ittifoqi komissiyasi hamkorligida Istanbuldagi kongress markazida uyushtirilgan Turkiya-Afrika III Iqtisodiy biznes-forumi doirasida qoʻshma bayonot chop etildi. Unga koʻra forum xususiy tarmoqlarni avvalom bor texnologiya, turizm, qishloq-xoʻjaligi, elektrik ishlab chiqarish, aloqa va tarqatish moslamalari va xizmatlari, aviatsiya, dengizchilik, ta’lim-tarbiya, sogʻlikni saqlash va uglerodsiz sohalarga investitsiya kiritishga taklif qilindi.

Vatan gazetasi: Mardinda 12 ming yillik ibodatxona topildi. Turkiyaning Mardin viloyatiga qarashli Dargechit tumanida olib borilgan qazish ishlari chogʻida 12 ming yillik ekani tahmin qilingan ibodatxona topildi. Qazish faoliyatlari yuritilgan mintaqaning Goʻbeklitepedan ham qadimga borib taqalgani aytilmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar