Matbuot sharhlari 20.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1722499
Matbuot sharhlari 20.10.2021

Haber Türk gazetasi: Turkiyadan Sharqiy Oʻrta yer dengizi haqida bayonot. Tashqi Ishlar vazirligi Gretsiya, Misr va Kiprning grek qismi yetakchiligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan sammit ortidan bayonot berib unda, Sharqiy Oʻrta yer dengizida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi koʻrmaslikka olingan hech qanday tashabbusning muvaffaqiyatga yetaklamasligini ifoda etdi. ShKTR Tashqi ishlar vazirligi ham Kiprning grek qismi, Gretsiya va Misr bergan mushtarak bayonotning hech qanday kuchi yoʻqligini ma’lum qildi.

Hürriyet gazetasi: Yevropa komissiyasi hisobotida ikki yuzlamachilik bor. Turkiya, Yevropa ittifoqi komissiyasi tomonidan 2021-yilgi kengayish paketi doirasida chop etilgan Turkiya hisobotiga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligining mavzu haqidagi bayonotida: “Yevropa ittifoqi ijobiy tusda siyosiy kun tartibi tuzishga uringan va oliy darajali muloqatimizni jonlantirgan shu kunlarda afsuski, Turkiyaga qarshi javobgarchiligini koʻrmaslikka olib, yurtimiz bilan boʻlgan munosabatlarda yana ikki yuzlamachiligini namoyish etgan Turkiya hisoboti tayyorladi”.-dedi.

Star gazetasi: Toʻrt liderdan qoʻshma bayonot. Turkiya kuchi tan olindi. Turkiya, Togo, Burkina-Faso va Liberiya prezidentlari uchrashuvi haqida yakuniy deklaratsiya chop etildi. Yuqorida nomi tilga olingan toʻrt davlat rahbari Turkiyaning Afrika uchun strategik sherik sifatidagi rolini qonuniylashtirgan va uni xalqaro sahnada nufuzli aktyorga aylantirgan Turk iqtisodiyotining e’tiborga molik ilgarilashi va kuchini tan oldi.

Yeni Şafak gazetasi: TRT World Forum global muammolarni dunyo kun tartibiga olib chiqmoqda. Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi Bosh direktori Mehmet Zahid Soʻbaji bu yil beshinchisi uyushtirilgan TRT World Forumning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, oʻz markaziga insonni olgan axborot tushunchasi bilan ogʻir sharoitdagi geografiyalar, jamoalar va shaxslarning ovozi boʻlishga harakat qilganliklarini qayd etdi. Soʻbaji, “TRT World Forumdek xalqaro platformalar orqali yangi fikrlar uygʻotish va yangi maqsadlar belgilab olishga majburmiz”.-dedi.

Vatan gazetasi: Bayraktar Qurolli uchuvchisiz havo transporti fransuzlar orzusi ingilizlar maqsadiga aylandi. Fransuz matbuoti Bayraktar Qurolli uchuvchisiz havo transportlariga boʻlgan hayronligini yashira olmadi. Turkiyaning Britaniyaga Qurolli uchuvchisiz havo transporti sotish ehtimolining Turk mudofaa sanoati uchun katta muvaffaqiyat darvozasi boʻlishi mumkinligini qayd etgan Le Figaro gazetasi, “Bu Qurolli uchuvchisiz havo transportlari dunyodagi urushlarda orzu qilingan qurollardir. Ular Afrika, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda Turk ta’sirining bir vektoriga aylandi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

 



Aloqador xabarlar