Matbuot sharhlari 14.10.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1719451
Matbuot sharhlari 14.10.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Kerakli chora ko’riladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Suriyadagi PKK terroristik guruhi hujumlari bo’yicha AQSh va Rossiyani tanqid qildi.

“AQSh va Rossiya bizga bergan va’dasini bajarmadi. Jangarilarni yo’q qilish uchun kerakli chorani ko’ramiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Vazir shuningdek, AQSH ma’muriyatining Turkiyaga hamdardlik bildirishini samimiyatsiz deb baholadi.

 

Star gazetasi: “Rossiya Turkiyaga tabiiy gaz eksportini oshirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropaga turli yo’nalishlar orqali tabiiy gaz eksportini oshirganligini ma’lum qildi.

“Turkiya orqali “Moviy oqim”, “Turk Oqim” va Ukraina orqali tabiiy gaz yetkazib beryabmiz. Agar kerak bo’lsa, yanada oshirishga tayyormiz”,-deb aytgan Vladimir Putin.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyadan Nepalga hamdardlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Nepalning Mugu hududida 32 kishining hayotiga zomin bo’lgan avtobus halokati munosabati bilan Nepal xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

“Nepalning Mugu hududida avtobus halokati ro’y berganligi, fojiada 32 kishi halok bo’lganligi va 17 kishi jarohatlanganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu fojiali voqeada halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Jarohatlanganlarga shifo tilaymiz”,-deyiladi ta’ziya maktubida.

 

Vatan gazetasi: “Pokiston Fransiyaga qo’l siltab, Turkiya bilan kelishdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Arab matbuoti Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demirning Pokiston dengiz kuchlariga oid Agosta 90B rusumli suv osti kemalarini modetnizatsiyalashga doir bayonotiga munosabat bildirdi.

Arab matbuoti Ismoil Demirning “Mudofaamizga siyosiy tazyiqlar o’tkazilmoqda. Ularni puchga chiqaramiz. Masalan, Pokistonning Fransiyadan olgan suv osti kemalarini modetnizatsiya qilish bo’yicha tenderni qo’lga kiritish uchun fransuzlar tazyiq o’tkazdi, biroq biz bu tenderda yutuqli bo’ldik”,-degan so’zlariga o’rin berdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Mahalliy vaksina Turkovak foydalanishga topshiriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan mahalliy Turkovak vaksinasining 3-bosqich sinovlari davom etganligini ma’lum qildi. Vazir ko’ngilli insonlarni Turkovak sinovlarida ishtirok etishga taklif qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar