Matbuot sharhlari 13.10.2021

Xabar turk: ​​"Prezident Erdog'anning G20 favqulodda liderlar sammitidagi  bayonotlari"

1718949
Matbuot sharhlari 13.10.2021

Xabar turk: ​​"Prezident Erdog'anning G20 favqulodda liderlar sammitidagi  bayonotlari"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an kecha G20 Afg'oniston bo'yicha favqulodda liderlar sammitida so'zladi. Prezident Erdo'g'an, "Xalqaro hamjamiyat afg'on xalqidan yuz o'girib, bu mamlakatni taqdiriga qo'yib yuborish hashamatiga ega emasmiz. Afg'onistonda muloqot kanallarini ochiq saqlashimiz va Tolibonni  keng qamrovli bir  boshqaruv o'rnatishga yo'naltirishimiz kerak" dedi.

Yeni Shafak: "Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'luning  Afg'oniston bayonoti"

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Tolibon nazorati ostidagi Afg'onistondagi so'nggi vaziyat haqida bayonotlar berdi. Mamlakatdagi voqealarni diqqat bilan kuzatayotganlarini ifoda etgan Chavushog'lu, "Ba'zi tashqi ishlar vazirlari bilan Kobulga borishni rejalashtirmoqdamiz" dedi.

Hurriyat: "Parlament raisi Shento’pdan Ispaniyaga minnatdorchilik va tabrik maktubi"

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Spikeri Mustafo Shento’p, Ispaniya Vakillar Palatasi Spikeri Meritxell Batet va Ispaniya Senati Raisi Ander Gil Garsiyaga har biriga xat yubordi. Shentop o'z maktubida 2021 yil 19-21 sentyabr kunlari Ispaniyaga tashrifi chog'ida unga va hamrohlik qilgan delegatsiyaga ko'rsatgan samimiy mehmondo'stligiga minnatdorchilik bildirdi.

Vatan gazetasi: "Sanoat ishlab chiqarish ko'rsatkichlari e'lon qilindi"

Turkiya Statistika Instituti kecha avgust oyi uchun sanoat ishlab chiqarish indeksi natijalarini e'lon qildi. Shunga ko'ra, sanoat ishlab chiqarish indeksi avgustda  oylik  5,4 foizga yillik  esa 13,8 foizga oshdi.

Star: "XVJ Turkiyaning o'sish prognozini e'lon qildi"Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ), Turkiya iqtisodiyotining 2021 yilgi o'sish prognozini 5,8 foizdan 9 foizga ko'targan holda, 2022 yilgi o'sish kutilishini 3,3 foiz darajasida saqlab qoldi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar