Matbuot sharhlari 21.09.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar

1708436
Matbuot sharhlari 21.09.2021

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaning kuchini ko’rsatuvchi majmua” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShning Nyu-York shahrida Turk uyi binosi ochilishi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Erdo’g’an tadbirda so’zlagan nutqida Turkiya ushbu shox asar bilan buyukligini, tajribasini va kuchini aks ettiruvchi majmua bunyod etganligini ta’kidladi.

“Respublikamizning 100 yillik to’yi bo’lmish 2023 yilga tomon ketgan bu yo’lda Turk uyi majmuamiz xalqaro jamiyatda tutgan o’rnimizni aks ettiradi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Xabar turk gazetasi: “Dunyoning eng saxiy davlatimiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Ispaniyadagi anjumanda so’zlagan nutqida Turkiya dunyoda eng saxiy, yordamsevar davlat ekanini tilga oldi.

“Dunyoning eng badavlat davlati emasmiz, lekin eng saxiy davlati bizmiz. Turkiya xozirgi kunda eng ko’p qochqinga quchoq ochgan davlat. Mamlakatimizda 10 yildan beri 4 mlndan ortiq suriyalik qochqin yashamoqda”,-deb aytgan Turkiya parlamenti rahbari.

 

Star gazetasi: “Tarixiy yutuq: Turkiya 132 davlat orasida 2-bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 132 davlat bellashgan Global Innovatsion indeksida Turkiya 41-o’ringa ko’tarilib, tarixidagi eng yuqori ko’rsatgichga erishdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti unvoni Bursada” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Bursa Buyuk shahar hokimi Alinur Aktash Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y va O’zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi tantanali marosimda Xiva shahar hokimi Temur Davlatovdan “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” unvonini rasman qabul qilib oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar