Matbuot sharhlari 17.09.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1707110
Matbuot sharhlari 17.09.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan muhim bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatdagi iqtisodiy o’sish ko’rsatgichi haqida bayonot berdi.

“Dunyoning eng yuqori o’sish ko’rsatgichiga erishdik. Eksportda rekordlarni yangiladik. Pandemiya oqibatlariga qaramay, aholini ish bilan ta’minlashda epidemiya tarqalmasdan avvalgi natijalardan yuqori marralarga erishdik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “THY dunyoning eng ilg’orlari ro’yxatida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo’llari “Travel + Leisure” jurnalining o’quvchilari qatnashgan so’rovnomada dunyoning eng yaxshi 10ta aviakampaniyasidan biri deb topildi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaning uzum mahsuloti eksporti 22 foizga o’sdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, joriy yilning 1 yanvardan 17 sentyabrgacha Turkiyadan amalga oshirilgan uzum eksporti avvalgi yilning mos davriga nisbatan 22 foizga oshdi. Egey eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, 2020 yilning ayni mavsumda uzum mahsulotidan tushgan daromad 63 mln dollarni tashkil qilgan bo’lsa, bu 2021 yilning 1 yanvaridan 17 sentyabrigacha 22 foizga oshib, 77 mln dollarni tashkil qildi.

 

Vatan gazetasi: “AQShdan Turkiya bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQSh davlat kotibi voizi Ned Price Kobul aeroportiga nafaqat charter reyslarni, balki muntazam parvozlarni  amalga oshirish uchun Turkiya va Qatar hamkorlikda ish olib borayotganligini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Galatasaray-Lazio 1-0” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, UEFA Yevropa ligasi musobaqalarida Turkiyaning Galatasaray jamoasi Italiyaning Lazio jamoasi bilan bellashdi. Galatasaray jamoasi raqibi Italiya jamoasini 1-0 hisobida mag’lub etdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar