Matbuot sharhlari 16.09.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1706757
Matbuot sharhlari 16.09.2021

Yeni Şafak gazetasi: “2023” qayta tiklanish ramzidir. Kecha boʻlib oʻtgan, “Anadoʻlu ommaviy axborot vositalari mukofatlari” dasturida nutq soʻzlagan Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, 2023ning Turkiyaning qayta tiklanishi ramzi ekanini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Yevropa ittifoqi Komissiyasi rahbari von der Leyenning Turkiya haqidagi bayonoti. Yevropa ittifoqi Komissiyasi rahbari Ursula von der Leyen kecha bergan an’anaviy, “Ittifoq ahvoli” deb nomlangan nutqida, “Turkiya bilan boʻlgan munosabatlarimizni turli bosqichga olib chiqish uchun faoliyatlarimizni davom ettiramiz”.-dedi.  

Star gazetasi: Qoʻshni bilan kelishib olindi. Turkiyaga rahmat aytamiz. Adliya vaziri Abdulhamid Gulning Gruziyaga boʻlgan tashrifi doirasida ikkala mamlakat adliya vazirliklari oʻrtasida qoʻshma bitimga qoʻl qoʻyildi. Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili, yurtining hududiy yaxlitligi bilan mustaqilligi, Yevropa-Atlantika integratsiyasi masalalarida bergan yordami uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.  

Sabah gazetasi: Yangi meva va sabzavot eksportida Gretsiya rekordi. Turkiyaning yangi meva va sabzavot eksporti 14 foizdan yuqori koʻrsatkichi bilan 148 million dollardan oshdi. Avgust oyida Gretsiya bozorida 18 barobar oʻsish qayd etilar ekan undan keyingi yuqori koʻrsatkichlar Liviya va Isroil eksport hajmida kuzatildi.

Haber Türk gazetasi: Turkiyadan uy-joy harid qilib olgan amerikliklar soni 8 oyda 3.5 barobarga koʻpaydi. Bu yilning yanvar oyidan avgust oyigacha chet elliklarga 30 ming 849 uy sotildi. Turkiyadan uy sotib olgan Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarosi soni bu yilning yanvar oyidan avgust oyigacha oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 3.5 barobarga ortib, 871ga yetdi.



Aloqador xabarlar