Matbuot sharhlari 13.09.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1705733
Matbuot sharhlari 13.09.2021

 

Star gazetasi: “TURKOVACning uchinchi bosqich sinovlari bo’yicha 5 davlat bilan muzokaralar davom etmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay koronavirusga qarshi Turkiya vaksinasining 3-bosqich sinovlarini Qirg’izistonda amalga oshirish xususida mamlakat prezidenti Sadir Japarov bilan kelishib olganligini ma’lum qildi.

U shuningdek, mahalliy TURKOVAC vaksinasining 3-bosqich sinovlarini o’tkazish bo’yicha Pokiston, Ozarbayjon, Argentina, Kolumbiya va Polsha bilan muzokaralar davom etayotganligini qayd etdi.

 

Sabah gazetasi: “Yevropa Ittifoqining 2021 yil strategik taxminlar bo’yicha hisobotida Turkiya omili” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevroittifoq komissiyasi tomonidan e’lon qilingan 2-Strategik taxminlar bo’yicha hisobot Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to’liq a’zo bo’lishi qanchalik zarurat ekanligini yana bir bor qayd etadi.

Hisobotda qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining yaqin va uzoq kelajakdagi transatlantika aloqalari jihatidan Turkiyaning kuchli va demokratik partnyor sifatida zimmasiga oladigan ro’li Yevropaning kelajagi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

 

Xabar turk gazetasi: “Fotih kemasi burg’ulash faoliyatini boshladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Fotih burg'ulash kemasi Qora dengizdagi Sakariya tabiiy gaz konidagi “Turkali-5” qudug'ida burg'ulash ishlarini boshladi.

Turkiya Qora dengizdagi tabiiy gaz qidiruv ishlari davomida shu kungacha jami 540 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasini topishga muvaffaq bo’ldi.

 

Hurriyat gazetasi: “Ukraina yana to’rtta “Bayraktar TB2” dronidan sotib oladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina harbiy bosh shtabi boshlig'i Valeriy Zalujniy 2021-2022 yillarda yana 4 ta “Bayraktar TB2” uchuvchisiz boshqariladigan qurilmadan sotib olishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Ukraina qurolli kuchlari 2019 yilda Turkiyadan 6 ta “Bayraktar TB2” droni va 3 ta quruqlik nazorat punktini sotib olgandi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Xorij firmalarining yangi yo’nalishi Turkiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya informatika sanoati assotsiatsiyasi vitse -prezidenti Umid O’nder xorijdagi texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Turkiyani ishlab chiqarish markazi sifatida e’tirof etganligini ma’lum qildi.

“Biz AQSh va Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ayni vaqtda Izmit, Mersin, Istanbul kabi shaharlarda ish olib boryabmiz. Joriy yil oxirigacha 3-4 ta yirik kompaniya investitsiya kiritish uchun Turkiyaga kelishi mumkin. Informatika sanoati bo’yicha dunyodagi eng yirik firmalar Turkiyaga sarmoya kiritishni juda xohlashadi”,-dedi Umid O’nder.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar