Matbuot sharhlari 31.08.2021

Prezident  Rajab Toyyib Erdo'g'an, 30 -Avgust G'alaba kunining 99 -yilligi munosabati bilan Anitkabir maxsus daftariga "Bizning oldimizga  qo'ygan maqsadlaringizga muvofiq Turkiyani porloq kelajakka olib bormoqdamiz.

1700087
Matbuot sharhlari 31.08.2021

 

Hurriyat "Erdo’g'an: Turkiya Respublikasi davlati ishonchli qo'llarda"

Prezident  Rajab Toyyib Erdo'g'an, 30 -Avgust G'alaba kunining 99 -yilligi munosabati bilan Anitkabir maxsus daftariga "Bizning oldimizga  qo'ygan maqsadlaringizga muvofiq Turkiyani porloq kelajakka olib bormoqdamiz. Turkiya Respublikasi davlati ishonchli qo'llarda ".

Yeni Shafak "Prezident Erdog'an: Hilol va Yulduz qarorgohi dushmanga qo'rquv va do'stga ishonch beradi"

Prezident Erdog'an, Milliy Mudofaa Vazirligi, Bosh shtab va barcha kuch qo'mondonliklari yig'iladigan Anqarada "Hilol va Yildiz" loyihasining tantanali ochilish marosimida so'zladi. "Biz markaziy mudofaa tizimini, umumiy mudofaa tizimini saqlaymiz. Biz bu yerda dushmanga qo'rquv va o'z pozitsiyasi bilan do'stga ishonch beradigan tuzilmani yaratgan bo'lamiz", dedi Erdog'an.

Sabah "Bayraktar AKINCI TİHA dunyo kun tartibida"

Turk mudofaa sanoati xavfsizlik kuchlari inventarizatsiyasiga qo'shgan uchuvchisiz havo vositalariga  qo'shilgan Bayraktar AKINJI hujum havo vositasi (TİHA), dunyo kun tartibiga katta ta'sir ko'rsatdi. AQSh ommaviy axborot vositasi Bloomberg, Turkiyaning mudofaa sanoati sohasidagi mustaqil pozitsiyasini yuqori baholadi, "Turkiya mahalliy dronlar yordamida harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda" sarlavhali xabarida TİHAning muvaffaqiyati haqida yozdi.

Star "Yevropa Ittifoqidan Turkiya qarori"

Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi, Turkiya Yevropa Ittifoqining Covid-19 raqamli vaktsina sertifikatlari tizimiga kiritilganini e'lon qildi. Ushbu qaror bilan, koronavirusga qarshi emlash sertifikati va amaldagi vizaga ega bo'lgan Turkiya Respublikasi fuqarolari Yevropa Ittifoqining 27 davlatiga muammosiz sayohat qilishlari mumkin bo'ladi.

Vatan gazetasi "THY Yevropada ikkinchi bo'ldi"

Aviatsiya navigatsiyasi xavfsizligi bo'yicha Yevropa tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, THY 23-29 avgust kunlari har kuni 1322 ta reys bilan Yevropada eng ko'p parvoz qilgan ikkinchi aviakompaniya bo'ldi.

 

 

 

 

 


 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar