Matbuot sharhlari 26.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1697710
Matbuot sharhlari 26.08.2021

Haber Türk gazetasi: Turk askarlari Afgʻonistondan qaytmoqda. Milliy Mudofaa vazirligi turli aloqalar, amaldagi vaziyat va shartlarni muhokama qilgan holda Turk Qurolli kuchlari a’zolarining Afgʻonistondan qayta boshlaganini ma’lum qildi.

Vatan gazetasi: Prezident Erdoʻgʻandan Tolibon haqida bayonot. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning Bitlis viloyatiga qarashli Ahlat tumanida elchilar bilan kechki ovqat dasturida, “Afgʻonistonda keng koʻlamli hukumat tuzilishi kerak. Tolibon liderlari gaplariga hozircha yaxshi niyatda, ehtiyotkorlik bilan yondashmoqdamiz”. – dedi.

Star gazetasi: Erdoʻgʻan: Dunyoda har qanday nozik masalada gapi oʻtadigan oʻlkaga aylandik.  Malazgirt gʻalabasining 950-yilligi munosabati bilan Bitlisning Ahlat tumanida uyushtirilgan marosimda gapirgan Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, “Kechagina oʻz chegarasida oʻz oʻrni uchun kurashgan bir davlatdan bugungi kunda mintaqada va dunyoda har qanday nozik masalada gapi oʻtadigan oʻlkaga aylandik”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: TURKOVAC vaksinasi 3 - faza faoliyatlari doirasida oʻz ixtiyori bilan xohlaganlarga berila boshladi. Mamlakatning Kayseri viloyatiga qarashli Erjiyes universiteti bilan Sogʻliqni Saqlash institutlari yetakchiligi (TÜSEB) hamkorligida ishlab chiqilgan yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi TURKOVAC vaksinasi, 3 - faza faoliyatlari doirasida Erjiyes universitetida oʻz ixtiyori bilan xohlaganlarga berila boshladi.

Sabah gazetasi: Istanbul aeroporti 2050-yilgacha emissiyasiz xizmat berishni oʻz zimmasiga olmoqda. Istanbul aeroporti, Xalqaro aeroportlar kengashi boshlatgan va tarkibida 238 aeroport oʻrin olgan 2050-yilgacha emissiyasiz xizmat berish xizmatiga qoʻshildi.

 

 



Aloqador xabarlar