Matbuot sharhlari 09.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1687987
Matbuot sharhlari 09.08.2021

Vatan gazetasi: Turkiyaning mudofaa sohasidagi muvaffaqiyati. Turk mudofaa sanoati dunyo e’tiborini oʻziga jalb etishni davom etmoqda. Turkiyaning zirxli urush transporti ishlab chiqaruvchilaridan Nurol Makina mahsuloti boʻlgan Ejder Yalchin, Ilgaz II, Ejder Kunter va Ejder TOMAlarga dunyoning turli davlatlaridan talab yogʻmoqda. Nomi tilga olingan transportlar Turkiyadan tashqari dunyoning boshqa 15 davlatida foydalanilmoqda. Nurol Makina, Yaponiyada ochilgan zirxli transport kim oshdi savdosida ham, Yörük 4x4 bilan ilk saralashdan oʻtgan 5 firma qatoridan oʻrin oldi.

Sabah gazetasi: Aksungur Uchuvchisiz havo transporti havoda qolish boʻyicha rekord oʻrnatdi. Turkiyaning TUSAŞ kompaniyasi muhandis va teknik xodimlari ishlab chiqargan va “Aksungur” deb nomlangan Uchuvchisiz havo transporti, sohada 1000 uchish soatiga erishgan holda, havoda qolish boʻyicha rekord oʻrnatdi.

Yeni Şafak gazetasi: “Business Insıder” Turkiyaning mudofaa sanoatiga maqtov yogʻdirdi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining axborot sayti Business Insıder, Turkiyaning mudofaa sanoatida yirik shaxdam qadam tashlagan holda, yana-da mustaqil tus olganini qayd etdi. Turkiyada ishlab chiqarilgan Uchuvchisiz tizimlar uchun, “gʻalabaning kaliti” degan ifodalarga oʻrin berilgan axborot saytidagi maqolada, “Turkiyaning uchuvchisiz tizimlarda liderga aylanish say-harakati, balki eng ajoyib tashabbuslardan biridir”. - deyildi.

Haber Türk gazetasi: Dunyoning 115 davlatiga 87 ming 121 tonna oʻrik qoqi eksport qilindi. Turkiyaning Malatiya viloyatidan duyoning 115 davlatiga 87 ming 121 tonna oʻrik qoqi eksport qilindi. Malatiya Savdo birjasi ma’lumotiga koʻra 2020-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 31-iyuligacha boʻlgan mavsumda yoʻlga qoʻyilgan bu eksportdan 291 million 749 ming dollar daromad olingan. Oʻrik qoqi eng koʻp eksport qilingan davlat esa Amerika Qoʻsham Shtatlari deb qayd etilgan.

Hürriyet gazetasi: Milliy motosiklchi Toʻprak Razgatlioʻgʻlu Chexiyadagi ikkinchi musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Milliy mototsiklchi Toʻprak Razgatlioʻgʻlu, Dunyo Superbike chempionligining oltinchi bosqichida Chexiyadagi ikkinchi musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Toʻprak Razgatlioʻgʻlu bu orqali ingiliz Jonathan Rea bilan bal farqini 3 ga tushirdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar