Matbuot sharhlari 04.08.2021

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Bolgariya Prezidenti Rumen Radev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1685365
Matbuot sharhlari 04.08.2021

 

Vatan gazetasi: "Erdog'an Bolgariya Prezidenti Radev bilan uchrashdi"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Bolgariya Prezidenti Rumen Radev bilan telefon orqali muloqot qildi. Uchrashuvda yong'inga qarshi kurashdagi hamkorlik va ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish  masalalari muhokama qilindi. Prezident Erdog'an, o'rmon yong'inlariga qarshi  kurashda ko’rsatgan  birdamlik va qo'llab –quvvatlashlari uchun Bolgariya Prezidenti Radevga, minnatdorchilik bildirdi.

Yeni Shafak: "Turkiyadan AQShga muhojirlik reaktsiyasi"

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat departamenti, o'tgan kuni bergan  bayonotida, immigrantlarni qabul qilish dasturi doirasida  arizalar uchinchi davlatlarda  qabul qilinadi deya Turkiyaga  ishora qildi. Tashqi ishlar vazirligining mavzuga oid  bergan bayonotida, "Oxirgi 7 yil ichida dunyoda eng ko'p qochqinlarni qabul qilgan mamlakatimiz, yangi  bir migratsion inqirozni uchunchi bir mamlakat nomidan  o’z zimmasiga oladigan imkoniyatiga ega emas deya bildirdi.  Mas’uliyatsiz va maslahatlashmasdan qabul qilingan   ushbu qarorni qabul qilmaymiz dedi.  

Xabar Turk: "Turkiya va Rossiya o'rtasida Suriya uchrashuvi"

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Prezidentlik majmuasida Rossiyaning Suriya maxsus vakili Aleksandr Lavrentiyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Suriyadagi hozirgi voqealar va siyosiy jarayon muhokama qilindi. Idlibda sulh tuzilishini saqlashning ahamiyati tilga olingan uchrashuvda, kelishuvda ko'zda tutilgan barqarorlikka putur yetkazadigan provokatsion hujumlarga yo'l qo'yilmasligi to'g'risida kelishib olindi. PYD/YPG/PKK va DAESH kabi barcha terrorchi guruhlarga qarshi qat'iy kurash olib borishga e'tibor qaratildi.

Sabah gazetasi: "Iroqning shimolida PKKga kuchli zarba berildi"

Iroq shimolida davom etayotgan "Panjasi Chaqmoq  va Panjasi  Chaqmoq" operatsiyasining 100 -kunida, bo'lg'inchi terror tashkiloti PKKning  eng muhim qarorgohi Avashin  to'liq nazoratga  olindi.  13 nafari  yuqori lavozimli rahbar bo'lib  223 nafar  terrorchi  yo’q qilindi. 28 ta yer osti tunneli ham havo operatsiyalari bilan  foydasiz  holga keltirildi. Shuningdek, halokat kuchi yuqori bo'lgan 1537 mina va qo'lda tayyorlangan portlovchi moddalar yo'q qilindi.

Hurriyat: "YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatini  e'lon qilindi"

Malatiyaning Battalgazi tumanida joylashgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkilotining (YuNESKO) Butunjahon madaniy merosi taxminiy ro'yxatiga kiritilgan Arslantepe kurqoni doimiy ro'yxatga kiritildi. Miloddan avvalgi 5 ming yillarga mansub bo'lgan tepalikka   har yili o'n minglab odamlar tashrif buyurishadi. Hozirgacha olib borilgan qazishmalarda ko'plab artefaktlar topilgan. Aristokratiya tug'ilgan va 7000 yillik tarixi bilan birinchi davlat shakli paydo bo'lgan Arslantepe tumulusi 2014 yilda  o’tkinchi  ro'yxatga kiritilgan edi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk Matbuot

Aloqador xabarlar