Matbuot sharhlari 02.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1683856
Matbuot sharhlari 02.08.2021

Hürriyet gazetasi: Turkiyadan Gretsiyaga nota. Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan chegaraning grek tomonidan harbiy boʻlmagan kiyim kiygan kishilarning oʻq uzishi oqibatida, Edirneda bir fuqaroning oʻldirilishi tufayli Gretsiyaga nota berildi.

Star gazetasi: Mustafa Varank: Yaqinda yangi bosqichga oʻtamiz. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank: “VLP asosidagi mahalliy vaksina boʻyicha yurttoshlarimiz fidokorligi bilan oxirgi nuqtalarga yaqinlashib qoldik. Faz-2 faoliyatlari tugash arafasida. Yaqinda Faz-3 bosqichiga oʻtiladi. Bu vaksinaning yangi variantlarga qarshi foydali boʻlishi koʻzda tutilmoqda”. - dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Dengiz tubiga oʻrnatiluvchi quvir liniyasini ishlab chiqarish faoliyatlari boshladi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Doʻnmez, Qora dengiz gazi ustidan olib borilgan faoliyatlarning tamomlanish arafasida ekanini belgilab oʻtgan holda, “Dengiz tubiga oʻrnatiluvchi 169 kilometrlik quvir liniyasining ilk ishlab chiqarish faoliyatlari boshladi”. dedi. .

Haber Türk gazetasi: Dunyoning eng yirik tirik baliq tashish kemasining birinchi bosqichi tamomlandi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Yalovaning Altinova tumanidagi Jemre ustaxonasida ishlab chiqarilgan dunyoning eng yirik tirik baliq tashish kemasining birinchi bosqichi tamomlanganini ma’lum qildi. Norvegiyaga eksport qilinadigan kemaning 2023-yili topshirilishi rejalashtirilmoqda.   

Sabah gazetasi. Istanbulga oxirgi 16 oyning eng koʻp sayyohi iyun oyida keldi. Istanbul, oddiy hayot sharoitiga oʻtilishi bilan iyun oyida 684 ming 621 chet ellik sayyohga quchoq ochib, oxirgi 16 oyning eng koʻp sayyohini mehmon qildi. Istanbulga kelgan chet elliklar orasida nemislar 70 ming 989 sayyoh bilan birinchi qatorda. Nemis sayyohlardan keyin Istanbulga oxirgi 16 oyda eng koʻp eronliklar, amerikalilar, ukrainaliklar, iroqliklar, fransuzlar va ruslar keldi.   

 

 



Aloqador xabarlar