Matbuot sharhlari 30.07.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1682659
Matbuot sharhlari 30.07.2021

                                                                     

Sabah gazetasi: “Ozarbayjon bilan Turkiyani bir-biriga bog’laydigan liniya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari vakili Numan Kurtulmush Ozarbayjonni turkiy mamlakatlarga va Turkiyaga bog’laydigan Zengezur liniyasi o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi.

“Ushbu liniya hayotga tadbiq etilsa, nafaqat Bakuga, balki Turkiy Respublikalarga ham uzluksiz transport imkoniyati yaratiladi”,-dedi Numan Kurtulmush.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya Liviyada kuchli faollardan biri” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik bo’yicha oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida Turkiya Liviyada muhim omilga aylanganligini ma’lum qildi. Liviyada Turkiyaning dengiz bazalari mavjudligini ta’kidlagan Borrel: “Bu esa, Turkiyaning O’rta yer dengizi orqali migratsiya inqirozini bartaraf etishda muhim omil bo’lib xizmat qilishini anglatadi”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Afg’on migratsiyasiga qarshi uchta chora” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Afg’onistondan kelayotgan migratsiya oqimiga qarshi Turkiya chegaralaridagi nazorat kuchaytirilar ekan, Turkiya qurolli kuchlari uch bosqichli xavfsizlik tizimini joriy etdi. 1-bosqichda kuzatish, nazorat, patrul xizmati; 2-bosqichda to’sqinlik qilish; 3-bosqichda qo’lga olish, deportatsiya qilish va adliy maqomlarga topshirish vazifasi belgilandi.

Xavfsizlik manbalari so’nggi vaqtlarda afg’on migrantlar bilan bog’liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlar Turkiya chegaralariga oid emasligini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Yaqinda tabiiy gaz bo’yicha yangi xushxabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez mamlakatda olib borilayotgan tabiiy gaz qidirish faoliyatlari haqida ma’lumot berdi.

“Qora dengizda bizga 10 yilga yetadigan tabiiy gazni topishga muvaffaq bo’ldik. Gaz qidirish faoliyatlarimiz davom etmoqda. Umidlarimiz katta. Joriy yil oxirida yoki kelgusi yil boshlarida g’arb yo’nalishida ham yaxshi xabarlar berishimiz mumkin. Maqsadimiz energiyada chetga to’be bo’lmaslik”,-dedi Fotih Do’nmez.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning yangi kuchi Sanjak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerikaning mudofaa bo’yicha xabar sayti “Defanse News” Turkiyada ishlab chiqarilgan Sanjak mudofaa tizimining ustun qobiliyatlari haqida yozdi.

Maqolada qayd etilishicha, ushbu tizim yerdan, havodan va yaqin masofadan to’lqinlar vositasida dushman tizimlarining signallarini buzish va aloqani uzish qobiliyatiga ega.

“Sanjak mudofaa tizimi yuqori frekansdagi jihozlarni bloklaydı. Natijada, mo’ljalga olingan jihozlarda noto’g’ri ma’lumot almashinuvini hosil qilib, qo’shin bo’linmalarining taktik maydonda katta imkoniyatni qo’lga kiritishini ta’minlaydi”,-deyiladi maqolada.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar