Matbuot sharhlari 29.07.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1682115
Matbuot sharhlari 29.07.2021

Yeni Şafak gazetasi: Qora dengiz tabiiy gaziga birinchi olov yoqildi. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Sakariya sohasi gazini yoqish marosimida soʻzlagan nutqida, Qora dengiz gazi orqali tashqariga boʻlgan qaramlilikni kamaytiramiz. Gazning birinchi fazasini 2023-yilgacha yetkazish uchun katta faoliyat olib boryapmiz”. - dedi. Prezident, kelasi yili 169 kilometr uzunlikdagi quvirni dengiz tubiga oʻrnatishlarini ta’kidlagan holda, “Bu, dunyoning eng uzun va chuqur dengiz tovoni aloqasi boʻladi”. - deya gapirdi.   

Star gazetasi: Turkiyadan Burkina-Fasoga MEMATT eksporti. Milliy Mudofaa vazirligiga qarashli ASFAT shirkati ishlab chiqargan Mexanik mina tozalash jihozi (MEMATT) Ozarbayjon ortidan endilikda Burkina-Fasoga eksport qilinmoqda. ASFAT bu orqali, Afrikaga birinchi mudofaa sanoati eksportini yoʻlga qoʻygan boʻldi.

Hürriyet gazetasi: Turkiyaning katta muvaffaqiyati. Londondagi Ember analitik nazorat markazi bu yilning ilk yarmini oʻz ichiga olgan Yevropadagi elektr energiyasi boʻyicha tayyorlagan hisobotiga koʻra, Turkiyada bu davrda shamol va quyoshning jami elektr ishlab chiqarishidagi ulushi 12.9 foizga koʻtarilgan. Turkiya, shamol va quyoshdan elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha Yevropa davlatlari orasida 17-qatorda oʻrin oldi.   

Sabah gazetasi: THY, kundalik 1323 safar soni orqali Yevropada ikkinchi boʻldi. Turk Havo yoʻllari (THY), kundalik 1323 safari orqali Yevropada eng koʻp uchish yoʻlga qoʻygan ikkinchi havo yoʻliga aylandi. Pegasus havo yoʻli ham Yevropada eng koʻp uchgan havo yoʻllari roʻyhatida sakkizinchi oʻrinda.

Haber Türk gazetasi. Pataradagi qazish ishlarida 2 ming 300 yil oldinga oid balik skaleti topildi. Antaliyaning Kash tumanidagi Patara qadimiy shahrida davom etgan qazish ishlari chogʻida, oziq-ovqat qoldiqlaridan qolgan 2 ming 300 yil qadimga oid baliq skaleti topildi.

 



Aloqador xabarlar