Matbuot sharhlari 28.07.2021

Jahon matbuoti Turkiyaning SIHA muvaffaqiyati haqida bahs etishni  davom ettirmoqda. AQShda joylashgan Forbes jurnali, Turkiya uchuvchisiz havo vositalari uchun katta eksport bozorini tashkil etganini yozdi

1681571
Matbuot sharhlari 28.07.2021

 

Star  "Prezident Erdog'an: maqsadimiz  500 million dollarga erishish"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Angola Prezidenti Joao Manuel Gonsalves Laurencho bilan o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida, ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmi juda  oz  ekanligini aytib, "Bizning savdo hajmimiz hozirda 176 million dollarni tashkil etadi. birinchi bosqichda buni 500 million dollarga chiqarish “ deya qayd etdi.

Yeni Shafak "Amerikan Forbes: Turkiya SIHA sohasida eksport bozorini yaratmoqda"

Jahon matbuoti Turkiyaning SIHA muvaffaqiyati haqida bahs etishni  davom ettirmoqda. AQShda joylashgan Forbes jurnali, Turkiya uchuvchisiz havo vositalari uchun katta eksport bozorini tashkil etganini yozdi. Xabarda, SİHA vositalari  NATO a'zolari va Yevropa mamlakatlari orasida xaridorlarni topishda davom etayotgani yozilgan.

Vatan "Turkiya Eron chegarasida faoliyatga o’tdi"

Van gubernatori Mehmet Emin Bilmez, immigratsion bosimining oshishi bilan, Turkiya-Eron chegarasining xavfsizligini ta'minlash, noqonuniy o'tish va kontrabanda harakatlarining  va terrorchilarning oldini olish maqsadida, 295 kilometrlik chegara chizig'ining hammasiga devor qurilishini bildirdi.

Hurriyat "Dunyoda birinchi" tabassum " emojisi namoyish etilmoqda"

"Tabassum" emojisiga ega  suv idishi 4 yil oldin   qadimiy Gaziantep shahrining Suriya chegarasidagi Karkamish tumanidan topilgan. 3700 yillik tarixga ega   suv idishi ustida  tabassum belgisi dunyodagi birinchi emoji ekanligi ta'kidlandi. Gaziantep arxeologiya muzeyida namoyish etilgan suv idishi  1 oy ichida 10 ming kishi tashrif buyurdi.

Sabah gazetasi "Antaliyaga  9 kun ichida yarim milliondan ziyod sayyoh keldi"

17-25 iyul kunlari orasi 9 kun ichida Antaliyaga Rossiyadan  200 ming 356 sayyoh, Germaniyadan 76 ming 152, Ukrainadan 68 ming 663, Polshadan 28 ming 898 va Qozog'istondan 15 ming 917 sayyoh tashrif buyurdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar