Matbuot sharhlari 27.07.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1680814
Matbuot sharhlari 27.07.2021

Hürriyet gazetasi: Turkiya yangi migratsiya toʻlqinini oʻz zimmasiga olmaydi. Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich Avstriya kansleri Sebastian Kurzning afgʻon qochqinlari uchun Turkiyaning “yana-da toʻgʻriroq yer” deb koʻrsatgan bayonoti haqida,  “Turkiya mintaqadagi migratsiya inqirozi natijalarini koʻtarmaydi va yangi migratsiya toʻlqinini oʻz zimmasiga olmaydi”. - dedi. Bilgich Avstriyaning xalqaro javobgarchiligi va Yevropa ittifoqi qoidalariga mos ravishda afgʻon muhojirlarini ham xalqaro tusda himoya qilishga majburligini bildirdi.

Sabah gazetasi: Turkiya Tunis xalqining yonida. Dunyo va demokratiya havoriysi ekanini iddio etgan mamlakatlar, Tunisdagi demokratiyaga boʻlgan aralashuvlarni jimjirt tomosha qilish orqali yana bir bor ikki yuzlamachiligini namoyon etdi. Turkiya esa Tunisdagi majlis huquqlari bekor qilinganligi haqidagi xabarni olgan ilk daqiqalardan e’tiboran toʻntarish tashabbusini qoraladi va Tunis xalqining yonida ekanini ma’lum qildi.

Yeni Şafak gazetasi: TRT tomonidan suratga olingan xujjatli film, tomosha qilganlar jihatidan rekord qayd etdi. Fetullahchi terror tashkilotining tuzilishi va 2016-yilning 15-iyuli kuni qoʻl urilgan toʻntarish tashabbusini uyushtirish jarayoni haqida bugungacha kun yuzasiga chiqmagan jihati, “Mahram” degan nom ostida, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT1 kanali orqali namoyish etildi. Jami 10 qismdan iborat boʻlgan xujjatli filmning ilk qismlari tomosha qilish jihatidan rekord qayd etar ekan, Youtube orqali berilgan videolavhalari ham millionlab inson tomonidan tomosha qilindi.

Haber Türk gazetasi: Iqtisodiyotga boʻlgan ishonch 9 yilning eng yuqori koʻrsatkichida. Ishlab chiqarish, eksport talablari, ish bilan bandlik va asosiy kapital qoʻyilmalari kabi muhim qalamlardan tashkil topgan Real sektor ishonch indeksi iyul oyida 1.8 ballga ortgan holda 114.8 ball orqali 9 yilning eng yuqori koʻrsatkichida. Bu saviya; 2012 - yilning aprel oyidan beri erishilgan eng yuqori koʻrsatkich deb qayd etildi.

Vatan gazetasi: Sabiha Goʻkchen aeroportida ikki kunda katta rekord oʻrnatildi. Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Sabiha Goʻkchen nomidagi xalqaro aeroport, yangi rekord qayd etdi. Sabiha Goʻkchen aeroporti 24-iyul haftaning juma kuni 106 ming 463; 25-iyul haftaning yakshanba kuni esa 110 ming 420 yoʻlovchiga xizmat qildi. Haftaning yakunida jami 216 ming 883 nafar yoʻlovchi orqali, 2021-yilning eng yuqori kundalik yoʻlovchi statistikasini qayd etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar