Matbuot sharhlari 16.07.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1676098
Matbuot sharhlari 16.07.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “15-iyulda maydonlar yana to’lib toshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, 2016-yil 15-iyulda Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhi tomonidan Turkiya davlatiga qarshi to‘ntarishga urinish sodir etilganiga 5 yil to’ldi. O’sha kechada Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning chaqirig’i bilan maydonlarda to’plangan xalq go’yo qahramonlik dostoni yozdi. Yovuz kuchlarning to’ntarish tashabbusi to’xtatib qolindi. Ushbu tarixiy kunning 5 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab shahidlar yodga olindi. FETO terroristik guruhi ustidan qozonilgan g’alabaning 5 yilligi keng nishonlandi.

 

Hurriyat gazetasi: “Buyuk va kuchli Turkiyani barpo etishga to’sqinlik qila olmaydilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 15-iyul - Demokratiya va Milliy birdamlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

“Xalqimizga tahdid solgan qora niyatli yovuz kuchlarga shuni aytmoqchimanki, buni uddalay olmaysiz. O’tmishda ham, kunimizda ham, kelajakda ham qora amallarini aslo amalga oshira olmaydilar. Ular buyuk va kuchli Turkiyani barpo etishimizga to’sqinlik qila olmaydilar”,-deb aytgan Erdo’g’an xalqqa murojaatida.

 

Vatan gazetasi: “15-iyul Demokratiya muzeyi ochildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha poytaxt Anqarada 15-iyul Demokratiya muzeyi ochildi. Muzeyning tantanali ochilish marosimida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ishtirok etdi. Muzey prezident saroyi qoshida tashkil etilgan bo’lib, unda Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhining davlatni to’ntarishga urinish hodisasi, maxsus ovozlar va tasvirlar namoyish qilingan.

 

Xabar turk gazetasi: “Milliy birdamlik va ma’naviy kuchning ramzi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha 15-iyul - Demokratiya va Milliy birdamlik kuni munosabati bilan 81 viloyatdagi 90 mingdan ortiq jome-masjidida marosimlar o’tkazildi. FETO terroristik guruhi ustidan qozonilgan g’alabaning 5 yilligida shahidlar yodga olindi. Qur’on tilovat qilindi. To’ntarishga urinish vaqtida xalqni birdamlikka chorlagan chaqiriq ovozi Turkiya vaqti bilan soat 00:13da butun mamlakat bo’ylab masjid karnaylaridan e’lon qilindi.

 

Star gazetasi: “Dunyoning eng mashhur maydonida namoyish qilindi: Turkiyani yengib bo'lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShning Nyu-York shahridagi Times maydonida ulkan ekranlarda FETO terroristik guruhi ustidan qozonilgan g’alaba tasvirlari va turk xalqining qahramonlarcha kurashi aks ettirildi. Ekranda “Demokratiya g’alabasi” va “Turkiyani yengib bo’lmaydi” degan so’zlar yoritildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar