Matbuot sharhlari 13.07.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1674598
Matbuot sharhlari 13.07.2021

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an o‘sish nisbatiga to‘xtaldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida: “2021-yili erishadigan o‘sish nisbati orqali dunyoning rivojlanayotgan iqtisodiyoti ekanimizni isbotlaymiz. Buyuk va qudratli Turkiyani barpo etish yo‘lida iqtisodiyotda ham qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz. Endilikda Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoning eng yuqori ligasiga qadam qo‘yish arafasida”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Mintaqada Turkiya qudrati tobora mustahkam tus olmoqda. Yevropa ittifoqi bilan G‘arbiy Bolqonlar va Turkiya o‘rtasida iqtisodiy va moliyaviy muloqat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda moliyaviy siyosatlar bo‘yicha kuchli hamkorlik imkoni qo‘lga olindi. Yevropa ittifoqi kengashi tomonidan chop etilgan yakuniy deklaratsiyada, yig‘ilishning G‘arbiy Bolqonlar va Turkiyani Yevropa ittifoqiga kelajakdagi ishtiroklari uchun tayyorlash niyatida ekanliklari qayd etildi.    

Yeni Shafak gazetasi: Ikki turk shirkati mudofaa sohasining eng nufuzli ro‘yhatiga kiritildi. Dunyoning eng nufuzli mudofaa sanoati ro‘yhati hisoblangan  “Defense News Top 100” ro‘yhatiga bu yil 2 turk shirkati kiritildi. Unda ASELSAN 48, Turk aerokosmik sanoati 68-qatorda o‘rin oldi.

Haber Türk gazetasi: Rossiyadan Antaliyaga qariyb ikki haftada 307 ming 417 sayyoh keldi. Dunyoning eng muhim turizm destinatsiyalari qatorida oʻrin olgan Antaliya, qariyb 2 haftada 1 ming 95 aviaqatnov orqali uchib kelgan 307 ming 417 nafar rus mehmonga quchoq ochdi.

Hürriyet gazetasi: Chet elliklarga uy-joy sotish bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Turkiyada bu yilning ilk yarmida chet elliklarga sotilgan uy-joy soni, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 44 foizga ortgan holda 20 ming 488 ga chiqar ekan, bu raqam bugungacha eng a’lo darajadagi yanvar-iyun oyi natijasi sifatda qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar