Matbuot sharhlari 28.01.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1665786
Matbuot sharhlari 28.01.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Bosqichma-bosqich odatiy hayotga qaytish boshlanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada 1 iyuldan boshlab cheklovlar to’liq bekor qilinadi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ko’rsatmaga ko’ra, mamlakatda 1 iyuldan boshlab barcha davlat muassasalari to’liq faoliyat ko’rsatishni boshlaydi. Kinoteatrlar ochiladi. To’y marosimlarida mehmonlar sonini cheklash bekor qilinadi. Konsert va festivallar o’tkazilishiga ruxsat beriladi. Park va piknik maydonlari ochiladi.

 

Xabar turk gazetasi: “Qora dengizda yangi tabiiy gaz konini aniqlashga bir bahya qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez kelgusi yilning birinchi choragida Qora dengizda yana burg’ulash ishlari rejalanganligini ma’lum qildi. Qora dengiz unumdorlik jihatidan katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidlagan vazir Fatih Do’nmez: “Agar mavjud ekspert natijalari tasdiqlansa, shimoli-g’arbdagi hududlarda ham gaz qidirish imkoniyatimiz bo’lishi mumkin”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyada raqamli bozor to’g’risida yangi qonun ishlab chiqilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada raqamli bozor to’g’risida yangi qonun qabul qilishga tayyorgarlik davom etmoqda. Qonun 2022 yilning birinchi yarmida kuchga kirishi ko’zda tutilgan. Raqamli bozor to’g’risidagi qonun iste’molchi hamda sotuvchi huquqini himoya qiladi.

 

Sabah gazetasi:“Amerika kampaniyalarining Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga e’tibori kuchaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika-Turkiya tadbirkorlikni rivojlantirish kengashining fahriy rahbari Ug’ur Terziog’li ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Erdo’g’anning Brusseldagi uchrashuvidan so’ng, Turkiyadan AQShga eksport darajasida keskin ortish kuzatilganligini ma’lum qildi.

U Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan ham AQSh bilan to’g’ridan savdo faoliyatlari yo’lga qo’yilishini va amerikalik mashhur kampaniyalar Shimoliy Kipr Turk Respublikasida o’z vakolatxonasini ochganligini ta’kidladi.

 

Star gazetasi: “Go’beklitepa dunyoda yana ham mashhur joyga aylanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, UNESCOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan dunyoning eng qadimiy joylashuv maskanlaridan biri Go’beklitepaning atrofida yana bir qator muhim obidalar aniqlandi. Go’beklitepa atrofidagi 100 kmlik maydonda joylashgan 11ta tepalikda qazilma faoliyatlari yakunlanish arafasida. Natijalar sentyabr oyida e’lon qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar