Matbuot sharhlari 24.06.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1663720
Matbuot sharhlari 24.06.2021

 

Star gazetasi: “Birgalikda insho etishga majburmiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasida davom etayotgan loyihalarni qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

“O’ziga mustaqil va o’z-o’zini ta’minlay oladigan Shimoliy Kipr Turk Respublikasini barchamiz birgalikda insho etishga majburmiz”,-dedi Fuat O’ktay.

 

Hurriyat gazetasi: “Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning Afg’oniston bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiyaga tashrif buyurishi kutilayotgan AQSh delegatsiyasi bilan Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlash bo’yicha muzokaralar o’tkazilishini bildirdi.

“Hozirda Afg’onistonga askar yuborish rejamizda yo’q. Lekin, afg’on qardoshlarimizning xavfsizligiga hissa qo’shishni maqsad qilyabmiz”,-dedi Hulusi Akar.

 

Vatan gazetasi: “Koronavirusga qarshi kurashda vaksinatsiya bo’yicha yangi bosqichga o’tildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusga qarshi vaksinatsiya bo’yicha yangi bosqichga o’tilganligini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, ertadan boshlab 18 yoshga to’lgan fuqarolarni emlash boshlanadi. Turkiyada 134 kishida Hindistondan tarqalgan Delta mutatsiyasiga chalinish holati aniqlandi.

 

Sabah gazetasi:“Vazir Fotih Do’nmez juma kuni rasman ochilishini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Turkiyada suyuqlashtirilgan tabiiy gaz (LNG) va FSRU Suzuvchi omborlash va gazlashtirish zavodi qurilganligini ma’lum qildi. Hatay viloyatining Do’rtyo’l tumanida insho etilgan zavod ertaga rasman xizmatga ochiladi.

 

Xabar turk gazetasi: “5G-da muhim chegarani bosib o'tdik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya transport va infratuzilmalar vaziri Odil Karaismailog’li mahalliy ishlab chiqarilgan 5G texnologiyasi orqali kecha birinchi ovozli qo'ng'iroqni amalga oshirdi.

Vazir 5G texnologiyasi uchun xos bo'lgan menejment, xizmat ko'rsatish va operatsion dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda muhim pog'onani bosib o'tganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar