Matbuot sharhlari 23.06.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1663238
Matbuot sharhlari 23.06.2021

Star gazetasi: Mahalliy vaksina nomi ma’lum boʻldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, uchinchi fazasining ilk sinovi amalga oshirilgan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) vaksinasi orqali Turkiyada bundan buyon yangi davr darvozalarining ochilish arafasida ekanini belgilab oʻtar ekan, vaksinaga “TURKOVAC” deb nom berdi.

Sabah gazetasi: Erdoʻgʻanning mahalliy vaksina haqidagi bayonoti. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Qatar Iqtisodiy forumida soʻzlagan nutqida, dunyodagi vaksina adolatsizligi ustidan: “Dunyoning 85 qashoshoq davlati vaksinaga erisholmayapdi. Vaksina va dori - darmon adolatli ravishda dunyoning barcha davlati foydalanishiga ochilishi kerak”. - dedi. Erdoʻgʻan, Turkiya ishlab chiqargan mahalliy vaksinaning butun insoniyat vaksinasi boʻlishini ham oʻz soʻziga ilova etdi.   

Hürriyet gazetasi: Yevropa ittifoqining Turkiya haqidagi bayonoti. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen, Yevropa ittifoqining Turkiya bilan boʻlgan muhojirlar toʻgʻrisidagi shartnomasining yangilanishi kerakligini qayd etdi.  

Haber Türk gazetasi: Turkiyaga Amerikalik texnik hay’at keladi. AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan bir texnik hay’atning Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi Hamid Karzai Xalqaro aeroporti ustidan yuritilgan faoliyatlarning muhokama qilinishi uchun ertaga Turkiyaga tashrif buyurishi bildirildi.  

Yeni Şafak gazetasi: Bu yil sayyohlar soni 20 milliondan oshadi. Turizm tarmogʻi vakillari koʻrilgan chora - tadbirlar va qabul qilingan qarorlar ortidan Turk sohillariga katta talab borligi va oʻrinlarni ajratish boʻyicha yuqori oʻsish qayd etilganiga e’tibor qaratmoqda. Rossiyaning aviaqatnovlarni qayta tiklash haqidagi qarori ortidan birinchi kundan boshlab 30 foizlik ortish kuzatilgani ifoda etilmoqda. Oʻtgan yili Turk sohillari 16 million sayyohga quchoq ochilar ekan bu yil esa, 20 milliondan ortiq sayyohning kelishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar