Matbuot sharhlari 10.06.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1655221
Matbuot sharhlari 10.06.2021

 

Sabah gazetasi: “Turkiya va Qirg’iziston (FETO) Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda hamkorlik qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov bilan matbuot anjumani o’tkazdi. Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida Qirg’iziston yetakchisi bilan Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash masalasi muhokama qilinganligini ma’lum qildi.

“Fathulloh Gulen harakati ikki mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid solayotganligi haqida hamfikrmiz. Bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu tahdidni bartaraf etamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “AQSh Turkiya bilan hamkorlik qilishga tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li AQSh nafaqat Liviya va Suriya masalasi bo’yicha, balki sharqiy O’rta yer dengizi va Kavkaziyagacha bo’lgan barcha masalalarda Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Havo mudofaa tizimlarini sotib olish bo’yicha qo’shimcha choralar ko’rilayotganini aytgan Chavusho’g’li: “AQSh Patriot tizimi bo’yicha bizga kafolat bermasa, boshqa ittifoqdosh davlatlardan ham havo mudofaa tizimini sotib olishimiz mumkin”,-dedi.

 

Star gazetasi: “AQSh matbuoti: PKK/YPGga berilayotgan yordamlar katta muammo” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQSh matbuoti Suriya shimolida PKK/YPG terroristik tashkilotiga berilayotgan yordamlar Turkiya bilan AQSh munosabatlariga jiddiy putur yetkazayotganligini yozdi. Maqolada yozilishicha, AQSh PKK/YPG terror guruhi bilan hamkorlik xususida NATO tarkibidagi Turkiyaning xavotirlarini inobatga olishi kerak.

“AQSh prezidenti Jo Baydenning oqilona hamlasi ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashi mumkin. Asl masala bu” ,- deb yoziladi AQSh matbuotida chop etilgan bir maqolada.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning milliy qiruvchi samolyoti ilk bor namoyish qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning milliy qiruvchi samolyoti poytaxt Anqarada o’tkazilgan 3-Unumdorlik va texnologiyalar yarmarkasida namoyish qilindi. Yarmarkada birinchi bor namoyish qilingan harbiy samolyotga e’tibor juda katta bo’ldi. Harbiy samolyot 55 ming fit balandlikkacha ko’tarilish qobiliyatiga ega. Turkiya AQSh, Rossiya va Xitoydan keyin sun’iy zakoga ega bo’lgan 5-avlod qiruvchi samolyotini ishlab chiqaradi. Milliy qiruvchi samolyot 2023 yilda xizmatga topshirilishi rejalanmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya vaksinasi tayyor bo’lish arafasida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari jadallik bilan olib borilayotganligini ma’lum qildi. Vazir vaksina ishlab chiqarish bo’yicha bir qator loyihalardan biri oxirgi bosqichga yetib kelganligini bildirdi.

“Kelgusi hafta mahalliy vaksinamizni 3-bosqich sinovlari doirasida ko’ngillilarga emlashni boshlaymiz. Turkiya vaksinasi tayyor bo’lish arafasida”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar