Matbuot sharhlari 03.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1650929
Matbuot sharhlari 03.04.2021

Yeni Şafak gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashining Isroil haqidagi bayonoti. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida kecha bo‘lib o‘tgan Milliy Xavfsizlik kengashi (MGK) yig‘ilishidan keyin berilgan bayonotda, o‘tgan oyda G‘azoda qo‘l urgan qatliomi uchun Isroil qoralandi. Bayonotda, “Urush jinoyatlari deyilgan darajadagi Isroil hujumlarining takrorlanmasligi va Falastin masalasini adolatli, doimiy va har tomonlama hal qilish maqsadida xalqaro hamjamiyat, o‘z javobgarchiligini kechiktirmay, samimiy ravishda bajarishga chaqirildi”. - deyildi.

Hürriyet gazetasi: Tashqi Ishlar vaziri Chavushogluning Isroil haqidagi bayonoti. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha bergan bayonotida, “Isroilning biz bilan sog‘lom munosabatda bo‘la olishi uchun noto‘g‘ri siyosatlardan voz kechishi kerak”. - dedi.

Star gazetasi: Fatih Donmez: Turkiyaning energetika sohasiga 25 milliard yevro sarmoya kiritdilar”. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Germaniya energiya kompaniyalarining sheriklari bilan birgalikda Turkiyaning energiya tarmog‘iga oxirgi 18 yildan beri 25 milliard yevro sarmoya kiritgani va 15 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlaganini belgilab o‘tgan holda: “Bu raqmalar Germaniya kompaniyalari bilan investorlarining tarmoq va Turkiya iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchdan dalolat beradi”. - dedi.

Haber Türk: May oyidagi eksport korsatkichlari malum boldi”.  Savdo vaziri Mehmet Mush kecha bergan bayonotida, Turkiyaning may oyidagi eksportining o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 65,5 foizga oshgan holda 16,5 milliard AQSh dollarini tashkil etganini bildirdi. Shuningdek bu haqida: “Bu raqam orqali bugungacha bo‘lgan may oyidagi eng yuqori ikkinchi ko‘rsatgichga erishdik”. - dedi.  

Sabah gazetasi: Turkiyada ishlab chiqarilgan Qurolli Uchuvchisiz havo transportlarini (SIHA) dunyo yaqindan kuzatmoqda. Turkiyaning harbiy sohada dunyo brendiga aylangan Qurolli - qurolsiz uchuvchisiz havo transportlari bu gal Shveytsariya tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi. Mamlakatning milliy nashri tomonidan qalamga olingan tahlilda Ozarbayjon va Liviya bosh bo‘lish bilan birga bir necha maydonda g‘alabaga erishgan turk texnologiyasining g‘arblik davlatlar tomonidan “mo‘jiza” sifatida baholangani ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar