Matbuot sharhlari 26.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1645897
Matbuot sharhlari 26.05.2021

Yeni Şafak gazetasi: Erdogan: Saraton kasalligidek tez tarqamoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada uyushtirilgan Birinchi Xalqaro media va islomofobiya simpoziumida so‘zlagan nutqida, “Dunyoning bir necha nuqtasida ayniqsa G‘arbda, islom dushmani kasalligi saraton kasalligidek tez tarqamoqda”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Polshalik vazirdan e’tiborlarni oziga qaratgan Qurolli uchuvchisiz havo vositasi haqida bayonot. Mudofaa vaziri Mariush Blashak, Turkiyadan xarid qilib olgan Qurolli uchuvchisiz havo vositalari haqida, “Bu Qurolli uchuvchisiz havo vositalari judayam yaxshi. Eng muhimi bular sinovdan o‘tgan va muvaffaqiyati isbotlangan tizimdir. Polsha mudofaa tizimiga katta hissa qo‘shishiga ishonchim komil”. - deya gapirdi.

Star gazetasi: Avstraliya Parlamenti turklarga maqtov yogdirdi. Avstraliya Federal parlamentida Mustafa Kemal Ataturk stipendiyasi haqidagi qaror loyihasi ustidan olib borilgan uchrashuv chog‘ida 5 nafar deputat, (Turkiya Respublikasining asoschisi) Ataturk, Avstraliya - Turkiya do‘stligi va mamlakatga qo‘shgan hissalari uchun turklarga maqtov yog‘dirdi.

Vatan gazetasi: 500 ming kishining qarori ma’lum boldi va kopchilik, “Turkiya” dedi.  Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Gorin, Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi qatnovlarning cheklanishi yuzasidan qariyb 500 ming rus sayyohning nomi tilga olingan davrda Turkiyaga kelolmagani va rus sayyohlarning 60 foizdan ko‘pining Turkiyadagi dam olish rejalarini buzmay, keyingiga qoldirganini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: THYga “Travel Plus”dan 4 kategoriyada mukofat taqdim etildi. Havo yo‘li shirkatlarining sayohat qilish shartlari va yo‘lovchilarga taqdim etilgan boshqa muhim xizmatlarni baholagan “Travel Plus” Turk havo yo‘llarini, “Yo‘lovchilar uchun gigiena vositalari to‘plami”, “Barqaror o‘rash tashabbusi”, “Bolalar salomatligi tashabbusi” va “Yo‘lovchilar salomatligi texnologiyasi” kategoriyasida “Gold standart” mukofatiga sazovor deb topdi.

 



Aloqador xabarlar