Matbuot sharhlari 17.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1640440
Matbuot sharhlari 17.05.2021

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’anning Falastin va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi haqida bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sabah gazetasiga intervyu berdi.

“Isroil deb atalgan terror davlatining qon to’kishiga qarshilik ko’rsatmaganlar shuni bilsin ki, kuni kelib bu vaziyat o’zlariga zarar beradi”,-deb aytgan Erdo’g’an.

“Kipr Turk xalqining huquqini himoya qilamiz. Lekin, shuni aytmoqchimanki, o’zimizdan boshqa hech kimga ishonmaymiz”,-dedi Turkiya prezidenti Kipr masalasi bo’yicha bergan intervyusida.

 

Vatan gazetasi: “BMT Isroil sodir qilayotgan jinoyatlarni kun tartibiga kiritishi zarur” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p BMT Isroil-Falastin mojarolarini to’xtatishga chaqirishi yetarli emasligini bildirdi.

“BMT Isroilning tinch aholiga nisbatan sodir etayotgan qatliomlarini, terroristik harakatlarini va insoniyatga nisbatan jinoyatga qo’l urayotganini darhol kun tartibiga olib chora ko’rishi zarur”,-dedi Mustafo Shento’p.

 

Xabar turk gazetasi: “Isroilning hujumlariga ko’z yumishni qabul qilib bo’lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, BMT xavfsizlik kengashi Isroilning hujumlariga ko’z yumishini qabul qilib bo’lmaydigan holat deb baholagan Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Feridun Sinirliog’li falastinliklar uchun xalqaro himoyalash mexanizmini tashkil etishni taklif qildi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Falastinga Liviya modeli” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya admirali Jixot Yayji Turkiya Liviya kabi Falastin bilan ham dengiz yurisdiksiyasi bo’yicha shartnoma imzolashini taklif qildi. Turkiya dengiz orqali Falastinga qo’shni bo’lishi mumkinligini aytgan Yayji: “2011 yili Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida imzolangan dengiz shelfi bo’yicha shartnomadan andoza olish mumkin. Bu shartnoma Shimoliy Kipr Turk Respublikasi BMTga a’zo bo’lmasa ham huquqiy kuchga ega. Ayni shaklda Falastin bilan ham xuddi shunday shartnoma imzolash mumkin”,-dedi.

 

Star gazetasi: “AQShning Isroilga ko’magi insoniyatga yarashmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroilning G’azo xalqiga nisbatan hujumlari davom etar ekan, amerikalik demokrat senator Berni Sanders Isroilga yilda taxminan 4 mlrd dollar harbiy ko’mak yetkazgan AQSh hukumatini tanqid qildi.

“AQShning ko’magini inson huquqlarini poymol qilayotganlarga nisbatan qo’llash qonunga hilof. Darhol sulh tuzishga chaqirishimiz kerak”,-dedi amerikalik senator.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar