Matbuot sharhlari 13.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1638770
Matbuot sharhlari 13.05.2021

 

Star gazetasi: “Islomga qarshi dushmanlik virusi ayniqsa Yevropada keng tarqalmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an koronavirus kabi o’ta xavfli bo’lgan islomga qarshi dushmanlik virusi ayniqsa, Yevropada keng tarqalib borayotganligini ma’lum qildi.

“6 mlni turk bo’lgan jami 35 mln musulmon aholi yashayotgan Yevropa bugungi kunda qardoshlarimiz uchun ochiq qamoqxonaga aylanib bormoqda”,-dedi Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Islom hamkorlik tashkiloti Turkiya tashabbusi bilan anjuman o’tkazdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Islom hamkorlik tashkiloti 11 may kuni  Turkiyaning tashabbusi bilan favqulodda anjuman o’tkazdi. Anjumanda Isroil zo’ravonligi qoralandi. Falastinni xalqaro himoya ostiga olish va Isroilni javobgarlikka tortishga chaqirildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Falastin Turkiya uchun muhim ekanligini yana bir bor guvohi bo’ldik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Quddusni himoya qilish bo’yicha qo’mita rahbari Nosir Al-Hidmi: “Falastin Turkiya uchun muhim ekanligini yana bir bor guvohi bo’ldik”,-dedi. Turkiya ushbu masala bo’yicha xalqaro miqyosda doimo peshqadam ekanligini tilga olgan Hidmi: “Turkiyaga va prezident Erdo’g’anga o’z minnatdorligimni izxor etmoqchiman”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Bir otishda 12 raketa” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir “Turkiyaning BMC avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 107 mmlik raketa otish texnologiyasi sinovni muvaffaqiyatli yakunladi. Bir otishning o’zida 12 ta raketa uchirish imkoniyatiga ega bo’lgan texnologiya Turkiya qurolli kuchlarining xizmatiga tayyor”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turar-joy savdosi aprel oyida 124 foiz oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya miqyosida aprel oyida jami 95 ming 863ta uy sotildi. Bu o’tgan yilga nisbatan 124 foiz ortish demakdir. Xorijliklarga uy sotish bo’yicha o’tgan yilning ayni oyiga nisbatan 416.1 foiz ortish kuzatilgan bo’lib, u 4 ming 77 nafarni tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar