Matbuot sharhlari 11.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1637677
Matbuot sharhlari 11.05.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning Falastin uchun diplomatik sa’y-harakati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Isroilning Falastinda sodir etayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlari dunyo kun tartibining diqqat markazidan joy olgan bo’lsa-da, davlatlar tanqid qilishdan nariga o’ta olgani yo’q. Biroq, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Al-Quds va G’azodagi hujumlarni to’xtatishga astoydil bel bog’ladi. Erdo’g’an avvalo Iordaniya qiroli 2-Abdulloh, so’ngra Quvayt amiri Shayh Navvof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an xalqaro hamjamiyatni darhol chora ko’rishga chaqirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiya bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun prezident Erdo’g’an BMT va xalqaro hamjamiyat, shuningdek ko’plab davlatlarning diqqat e’tiborini Isroil zo’ravonligiga jalb qilishni uddalaganligini bildirdi.

“Dunyoning ushbu zulmga tomoshabin bo’lib qarab turishiga ko’z yuma olmaymiz. Falastinning asta-sekin ishg’ol qilinishiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi Fahriddin Altun.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyadagi beshta siyosiy partiya Isroilni qoraladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya parlamentida hukmron Ak partiya, Respublika xalq partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Milliyatchi harakat partiyasi va Yaxshi partiya Isroilning Masjid Al-Aqsoga sodir etgan hujumlarini qoralash maqsadida qo’shma bayonnoma imzoladi.

Bayonnomada xalqaro hamjamiyat Isroilning xalqaro huquqqa hilof harakatlarini to’xtatish uchun darhol kerakli chorani ko’rishga chaqirildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya Isroilga qarshi bir yoqadan bosh chiqardi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroilning Falastin va Masjid Al-Aqsoga sodir etgan hujumlari sababli turk xalqi ko’chalarga chiqishdi. Ko’plab viloyatlarda minglab namoyishchi Isroil politsiyasining musulmonlarga nisbatan zo’ravonligini qoraladi. Qo’llarida turk va Falastin bayroqlarini ko’targan namoyishchilar Falastin xalqini qo’llab-quvvatladi.

 

Star gazetasi: “Liviyada Turkiya uchun katta imkoniyatlar bor” sarlavhasi bilan xabar qildi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Liviyadagi elchisi Kenan Yilmaz Turkiya va Liviya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ijobiy davom etishini va Liviyada turk investorlar uchun juda katta imkoniyatlar borligini ma’lum qildi.

“Liviyada iqtisodiy sohada turk tadbirkorlar, eksportchilar va investorlar uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Ularni shahsan Liviyaga taklif qilib qolaman”,-dedi Turkiya elchisi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar