Matbuot sharhlari 10.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1637152
Matbuot sharhlari 10.05.2021

Sabah gazetasi: Erdoganning Yevropa ittifoqi haqidagi bayonoti. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Yevropa kuni munosabati bilan bayonot berdi. Unda Yevropa ittifoqining kuchli global aktyor bo‘lishi oldidagi eng yirik to‘siqlikka e’tibor qaratgan Prezident Erdo‘g‘an buning strategik sabr va ko‘z qarash kamchiligi ekanini belgilab o‘tdi shuningdek: “Yurtimiz hissasi va yordamisiz ittifoqning o‘z yo‘lini kuchli ravishda davom ettirolmasligi aniq”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqi kuchli Turkiya bilan yana - da kuchliroq boladi. Kecha 9 - may Yevropa kuni munosabati bilan bir videolavha orqali bayonot bergan Tashqi Ishlar o‘rinbosari va Yevropa ittifoqi rahbari Faruk Kaymakchi, Turkiya va Yevropa o‘tmishining mushtarak ekaniga e’tibor qaratgan holda, tomonlarning kelajakni ham birgalikda qurishi kerakligini qayd etdi. Kaymakchi, “Yevropa ittifoqi kuchli bir Turkiya bilan yana - da kuchliroq bo‘lishi mumkin va global aktyorga aylanishiga ishonchimiz komil”. - deya gapirdi.  

Vatan gazetasi: Fatih Donmez ma’lum qildi: Mahalliy lityum sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda otdi”. Suyuq borat chiqindilaridan ishlab chiqarilgan mahalliy lityum, Turkiyaning eng yirik batareya ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “Harbiy batareyalar sanoati va savdo korporatsiyasi” (ASPILSAN) tomonidan o‘tkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez o‘zining Twitterdagi sahifasida: "Turkiyaning lityumi 100 ball bilan sinovdan o‘tdi. Turkiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlari mahalliy lityum bilan quvvat topadi". - dedi.  

Hürriyet gazetasi: THY yana Yevropa lideri boldi. Turk havo yo‘llari (THY), 6 - maydagi kundalik o‘rtacha 504 qatnovi orqali Yevropadagi liderligini saqlab qoldi. Yevropa aeronovigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) qatnov hisobotiga ko‘ra THYdan keyingi o‘rinda 392 qatnovi bilan “Aie France”ning o‘rin olganini ma’lm qildi.  

Haber Türk gazetasi: Yanvar oyidan Aprel oyigacha avtotransport ishlab chiqarish bilan shugullanadigan sanoat bolimida 28 foiz ortish kuzatildi. Turkiyada yilning ilk 4 oyida jami avtotransport ishlab chiqarish faoliyati o‘tgan 2020 - yilning huddi shu oylariga nisbatan 28 foizga ortgan holda 415 ming 187 dona, avtomobil ishlab chiqarish esa 18 foizga ko‘tarilgan holda 288 ming 211 dona deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar