Matbuot sharhlari 05.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1634250
Matbuot sharhlari 05.05.2021

 

Vatan gazetasi: “Turk askari kirilmaydi degan joyda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Iroq shimolida terrorizmga qarshi olib borilayotgan “Panja-Chaqmoq” va “Panja-Uchqun” harbiy amaliyotlari doirasida mintaqada o’ta strategik ahamiyatga ega bo’lgan Zendure tepaligiga qadam bosdi. U yerda jangarilarga oid bazalar nazorat ostiga olindi. Jangarilar vaqti-vaqti bilan ushbu hududdan Turkiya chegarasidagi harbiy bazalarga pinxona kirishga harakat qilayotgandi.

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaning Liviyada tutgan o’rni muhim” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya Liviya bilan dengiz shelfi bo’yicha kelishuvi doirasida Sharqiy O’rta yer dengizidagi faoliyatlarini davom ettirayotganligini ma’lum qildi.

“Gretsiyaning ushbu kelishuvni puchga chiqarish yo’lidagi sa’y-harakatlari behuda. Turkiyaning Liviyada tutgan o’rni Sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilish jihatidan o’ta muhim”,-dedi Hulusi Akar.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning eksport bo’yicha hajmi kengaymoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning eksport salohiyati kundan kunga kengayib bormoqda. Bunda eksport bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan firmalar sonining ortishi muhim ro’l o’ynamoqda. Aprel oyining o’zida 2444 ta yangi firma birinchi eksportini amalga oshirdi. Joriy yilning dastlabki 4 oyida 6788ta firma jami 345 mln dollar qiymatida eksport amalga oshirdi.

Star gazetasi: “Ozarbayjon turk qurolli dronlari bilan mo’ljalni aniq nishonga oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjon qurolli kuchlari Turkiya mahsuloti bo’lgan “Bayraktar” qurolli dronlari ishtirokida harbiy-taktik o’quv mashg’ulotlarini amalga oshirdi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan tasvirlarda “Bayraktar” qurolli dronlarining harbiy mashg’ulotlardagi ishtiroki, uning harbiy-texnik xodimlar tomonidan ko’zdan kechirilayotgani va yoqilg’i to’ldirilayotgani namoyish qilindi. Taktik mashg’ulotlar doirasida parvoz qilgan qurolli dronlar dushman ob’yektlarini yer bilan yakson qildi.

Sabah gazetasi: “Turk Havo Yo’llari pandemiyaga qaramay rivojlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo’llari pandemiya sharoitida butun dunyodagi aviakompaniyalar inqirozga uchragan yilning birinchi choragida daromadini oshirdi. Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi boshqaruv kengashi rahbari Ilker Ayji “Samolarda kuchlanishda davom etamiz”,-dedi. Joriy yilning dastlabki 3 oyida Lufthansa 1 mlrd evro, Swiss Air 350 mln dollar zararga uchradi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar