Matbuot sharhlari 04.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1633619
Matbuot sharhlari 04.05.2021

Yeni Şafak gazetasi: O‘mer Chelik Anastasiadisga e’tiroz bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik Kiprning grek qismi yetakchisi Nikos Anastasiadisning Turkiyani nishonga olgan bayonotlari haqida, “Turkiya Respublikasiga, xalqimizga qilgan hurmatsizligini aynan o‘ziga qaytaryapmiz”. - dedi. Chelik, kecha bergan bayonotida: “Grek qismining Yevropa ittifoqini o‘zining o‘yinchog‘iga aylantirishi YI tomonidan qabul qilingan masala bo‘lsa unda bu ular uchun xayrli bo‘lsin”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Ersin Tatar, grek lider Anastasiadisga tarsaki tushurgandek javob berdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar Jenevada 27 - 29 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan norasmiy 5 + BM yig‘ilishida taqdim etgan teng huquqdagi mustaqil ikki davlat hamkorligiga tayangan muammoni hal qilish taklifini “takabburlik” deb baholagan Kiprning grek qismi lideri Nikos Anastasiadisni, oynaga qarashni va takabburning aslida kim ekanini ko‘risga chaqirdi.   

Sabah gazetasi: VOLKAN - M harakatli tank otish mashqini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi. Harbiy elektronik sanoati ASELSANning VOLKAN - M otish nazorati tizimi sinovlari M60TM tanki orqali amalga oshirildi. Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir Twitter hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Turk Qurolli kuchlari inventarizatsiyadagi M60TM tanklarini bir tomondan modernizatsiya, ikkinchi tomondan esa barcha asosiy bo‘lakchalarini milliylashtirganliklarini ifoda etdi.

Vatan gazetasi: Eng ko‘p eksport, avtomobilsozlik sanoatida yo‘lga qo‘yildi. Avtomobilsozlik sanoati aprel oyida 2 milliard 465 million 647 ming dollar bilan eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘ygan tarmoqqa aylandi.  Aprel oyida eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘yilgan birinchi uch davlat 1 milliard 654 million dollar bilan Germaniya, 1 milliard 182 million dollar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari va 1 milliard 33 million dollar bilan Birlashgan Qirollik bo‘ldi.  

Star gazetasi: Taniqli shoumendan Erdo‘g‘anga maktub. Fransuz shoumen Dieudonne M’bala Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yo‘llash orqali siyosiy boshpana so‘radi. M’bala o‘z maktubida Isroilning Falastin tuproqlarini bosib olishi haqidagi bir skechi ortidan 20 yildan beri sistematik ravishda qoralash, shantaj va yakkalashlarga maruz qolganini qayd etgan.

 



Aloqador xabarlar