Matbuot sharhlari 20.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1624718
Matbuot sharhlari 20.04.2021

Haber Türk gazetasi: Omer Chelik muhim bayonotlar berdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, Gretsiyaning muhojirlarga bo‘lgan muomalasini tanqid qilib, shunday dedi: “Gretsiya Sohil Xavfsizlik xodimlari rasman benzin quyib, yoqishga urinish orqali bir qatliomga qo‘l urishga harakat qilmoqdalar. Serb qassoplari qilganidek, Ruandada bo‘lganidek. U yerda qahramonlarimiz bo‘lmasa unda bu insonlarning hammasi uchun O‘rta yer dengizida mozor qiladi. Siz demokratiyangizni avvalom bor O‘rta yer dengizi suvlaridan qutqaring, ana undan so‘ng gapiring”.    

Star gazetasi: Turk Qurolli kuchlari uchun ishlab chiqarildi, dunyo qoyil qoldi. Yuqori baholandi. Turk Qurolli kuchlari uchun ishlab chiqarilgan va 15 daqiqada o‘rnatilgan ballistik himoyalangan qo‘mondonlik va konteyner bazasi, NATO mashqlarida yuqori baholandi. Baza o‘zining yuqori darajadagi himoyasi, razvedka infratuzilmasi va harakatchanligi bilan xavfsizlik kuchlariga xizmat qilmoqda.    

Sabah gazetasi: Qayta tiklanadigan energiya nisbati 100 foiz, muhim ehtiyojga aylandi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez o‘rnatilgan quvvatdagi qayta tiklanadigan energiya nisbatining 100 foiz, muhim ehtiyojga aylanganini belgilab o‘tgan holda, “Ilk uch oyda ishga tushirilgan o‘rnatilgan quvvatimizning 97,9 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan iborat edi”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Rus sayyohlarning Turkiyada dam olish haqidagi qarori qat’iy. Rossiya tur operatorlari ittifoqi rahbari Maya Lomidze, Rossiyadan aviaqatnovlarning to‘xtatilishi ortidan aprel va may oylarida Turkiyada dam olmoqchi bo‘lgan rus sayyohlarning ko‘pchiligining, boradigan joy manzilini o‘zgartirmagani va Turkiyaga kelish uchun boshqa kunlarni kutganliklarini ma’lum qildi.

Hürriyet gazetasi: TFF: “Yevropa super ligasining tashabbusini qabul qilish imkonsiz”. - dedi. Turkiya Futbol federatsiyasi (TFF), ba’zi Yevropa klublari tomonidan tashkil etilgani e’lon qilingan Yevropa super liga loyihasi haqida yuz berayotgan ba’zi holatlarni, katta qayg‘u bilan kuzatganliklarini yodga solgan holda, “Dunyo futbolining kelajagini butunlay tahlikaga soladiganbu ma’nosiz tashabbusni, qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri deb topdik”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar