Matbuot sharhlari 19.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1623859
Matbuot sharhlari 19.04.2021

 

Vatan gazetasi: “1915 yil voqealari bo’yicha xalqaro konferensiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ertaga 20 aprel kuni Turkiya Prezidenti Administratsiyasining aloqa bo‘limi tomonidan 1915 yil voqealariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkaziladi. Tadbir koronavirus pandemiyasi sababli online shaklda amalga oshiriladi. Konferensiyada 1915 yil voqealarining tarixi, huquqiy jihatlari va kunimiz jarayoniga ko’rsatgan ta’sirlari haqida so’z yuritiladi.

 

Star gazetasi: “Vazir Varankning mahalliy vaksina bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank “VLP - Virusga o'xshash zarrachalarga asoslangan mahalliy vaksina”ni insonlar ustida sinab ko’rish bosqichida ko’ngilli ravishda emlandi. Vazirning ta’kidlashicha, vaksinadan so’ng u o’zini yaxshi his qilmoqda.

“Vaksina ishlab chiqarish bo’yicha poydevorimiz mustahkam. VLP - Virusga o'xshash zarrachalarga asoslangan mahalliy vaksina ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda sanoqli davlatlardan birimiz”,-dedi Mustafo Varank.

 

Sabah gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropada yetakchilikni qo’ldan boy bermayotir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, EUROCONTROL tashkilotining aviaqatnovlar bo’yicha hisobotiga ko’ra, Istanbul aeroporti 14 aprelda amalga oshirgan 604 marta parvoz bilan Yevropa aeroportlari orasida birinchi o’rinni egalladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “BAAdan Bodrum va Trabzonga to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar yo’lga qo’yiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, BAAga oid FlyDubai aviakompaniyasi yaqin kunlarda Turkiyaning Trabzon va Bodrum shaharlariga to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar yo’lga qo’yilishini ma’lum qildi. Trabzon shahriga haftada 3 marta, Bodrum shahriga esa haftada 2 marta reyslar amalga oshiriladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar