Matbuot sharhlari 16.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1622634
Matbuot sharhlari 16.04.2021

Sabah gazetasi: Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushogluning Misr haqidagi bayonoti. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu may oyining boshida Turkiyadan bir hay’atning takliflariga binoan Misrga tashrif uyushtirishini ma’lum qildi. Chavusho‘g‘lu ikkala mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning avvalom bor tashqi ishlar vazirliklari orqali davom etishi masalasida kelishib olinganini ifoda etdi.

Vatan gazetasi: Zelenskiy yurttoshlarini dam olish uchun Turkiyani tanlashga chaqirdi. Ukrainani qo‘llab - quvvatlagani bois Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirgan Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, “Prezident Erdo‘g‘anning Ukrainani, vaqtinchalik ishg‘ol ostida turgan tuproqlarimizni, Qrimni qo‘llab - quvvatlagani muhim o‘ringa ega”. - dedi. Zelenskiy shuningdek, Ukraina fuqarolarini dam olish uchun Turkiyani tanlashga chaqirdi.

Haber Türk gazetasi: Turizm tarmogida faoliyat olib borganlar iyun oyidan e’tiboran rus sayyohlardan katta talab kutmoqda. Turkiya Sayohat agentliklari ittifoqi rahbari Firuz Bag‘likaya, iyun oyidan boshlab dam olish uchun Rossiyadan Turkiyaga talab ko‘p bo‘lishi va buning mavsumning oktabr, noyarb oylarini ham o‘z ichiga oladigan tarzda kuz oylariga uzashi mumkinligini qayd etdi.  

Hürriyet gazetasi: THYning Boeing 737 - MAX rusumidagi uchogi ikki yil ortidan takror xizmat berdi. Turk Havo yo‘llarining (THY), milliy va xalqaro aviatsiya yetakchilari tomonidan kerakli uchish ruxsatnomasini olishi ortidan quyruq ro‘yxatdan TC - LCA deb o‘tgan Boeing 737 MAX rusumidagi uchog‘i, ikki yil ortidan poytaxt Anqaraga birinchi qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Star gazetasi: Davlat aeroportlari boshqarmasi, havo harakati xizmati boyicha Yevropada birinchi orinda. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) ning ma’lum qilishicha, bu yilning birinchi uch oyida Davlat aeroportlari boshqarmasi Havo harakati markazi, yevropaning yetakchi Havo harakatini nazorat qilish markazlarini ortda qoldirib, birinchi bo‘ldi.   

 



Aloqador xabarlar