Matbuot sharhlari 12.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1619346
Matbuot sharhlari 12.04.2021

Star gazetasi: Turkiyadan Donbas haqida bayonot. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Turkiyaning, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, Qora dengizda va mintaqada yuz beradigan har qanday taranglik va to‘qnashuvning hammaga ziyon yetkazishini o‘z so‘ziga ilova etdi. Ibrahim Kalin, “Turkiya Qrim tatar xalqini himoya qilish va Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi muammolarning muzokara yo‘li orqali hal qilinishini xohlaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Sabah gazetasi: Turkiya asta - sekin oyga qarab yol olmoqda. Milliy Kosmik dasturi doirasida 2023 - yili oyga yuborilishi rejalashtirilgan kosmonavtsiz kosmos vositasida foydalaniladigan milliy va original gibrid raketka dvigateli muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tdi. Turkiyaning eng yirik raketa tizimlaridan biri bo‘lgan SORS, dunyoning texnologik olaroq eng rivojlangan gibrit raketa dvigateliga ega. Raketa dvigatelining bir namunasi may oyida Sinopdan uloqtiriladi.

Hürriyet gazetasi: Rossiyadan kosmos masalasida taklif kelib tushdi. Rossiyaning Anqara elchisi Aleksey Erkhov, Turkiyaning kosmik kashfiyoti masalasidagi qiziqishidan xabardor ekanliklarini belgilab o‘tgan holda, “Qo‘shnimizni, o‘zining kosmik dasturini boshlatgani uchun tabriklaymiz”. - dedi. Turkiyaning, kosmik masalasi ustidan olib borilgan tadqiqot tarmog‘ida olib borilgan global faoliyatlarga hissa qo‘shishiga ishonchi komil ekanliklarini ta’kidlagan rus elchi, yurtining kosmik faoliyatlari tarmog‘ida hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya soglikni saqlash turizmida dunyo miqyosida ilk 10 da. Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra 5 yillik proektsiyada yuqori o‘sishga erishgan tarmoqlardan sog‘lik turizmi eng oldingilar qatorida. Tarmoqning faoliyat hajmi har yili o‘rtacha 24 foiz nisbatida ortish qayd etmoqda. Turkiya sog‘likni saqlash turizmida dunyo miqyosida ilk 10 davlat qatorida o‘rin olmoqda.  

Haber Turk gazetasi: Ilk rus sayyohlarini tashigan uchoq Muglaga qondi. Rossiya poytaxti Moskvadan 212 yo‘lovchi bilan ko‘tarilgan uchoq oqshom Milas - Bodrum aeroportiga qondi. Uchoqdan tushgan sayyohlar kerakli protsedura ortidan dam olishni rejalashtirgan Bodrum tumaniga ketish uchun aeroportdan chiqdi. Bu mavsum xalqaro terminalda, o‘tgan yilga yilga nisbatan ortish kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar