Matbuot sharhlari 07.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1616283
Matbuot sharhlari 07.04.2021

 

Star gazetasi:“Ibrohim Kalinning Yevroittifoq mulozimlari bilan uchrashuv yakunlari bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya prezidenti Erdo’g’anning Yevrokomissiya rahbari Ursula Von Der Leyyen va Yevrokengash rahbari Charles Michel bilan bo’lgan uchrashuvi ochiq, samimiy va do’stona ruhda bo’lib o’tganligini ma’lum qildi. Prezident Erdo’g’an uchrashuvda Turkiyaning eng ustuvor maqsadi Yevropa Ittifoqiga to’liq a’zo bo’lish ekanligini ma’lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Prezident qarorgohida Yevroittifoq sammiti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Yevrokengash rahbari Charles Michel prezident Erdo’g’an bilan uchrashuvi yakunlari bo’yicha bayonotida “Yevroittifoq Turkiya bilan iqtisodiy hamkorlik, migratsiya va xalqlararo aloqani mustahkamlash uchun aniq kun tartib bo’yicha hamkorlikka tayyor”,-dedi. Yevrokomissiya rahbari Ursula Von Der Leyyen esa, “Bojxona ittifoqining joriy etilishiga doir mavjud qiyinchiliklarni muhokama qilib, qayta shakllantirishga harakat qilamiz”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi:“Bloombergdan maqtovli xabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShning “Bloomberg” iqtisod gazetasi Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’urushida ustun g’alaba qozonishiga katta hissa qo’shgan asosiy omillardan biri Turkiya qurolli dronlarining xizmati ekanligini ma’lum qildi. “Baykar kompaniyasining TB2 qurolli dronlari Liviya va Ozarbayjondagi urushning taqdirini o’zgartirdi”,-deb yozadi Bloomberg gazetasi.

 

Vatan gazetasi: “turkishsouq.com orqali jahon bozoriga eksport amalga oshiriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya transport va infratuzilmalar vaziri Odil Karaismailog’li “turkishsouq.com” platformasi orqali Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Portugaliya, Rossiya, Avstraliya, Kanada, Braziliya va boshqa jami 47 mamlakatga mahsulot eksport qilish imkoniyati tug’ilganligini bildirib, “Taxminan 300 mingta mahsulotimiz ushbu platforma orqali jahon bozoriga eksport qilinadi”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Istanbul aeroporti 17 mingta parvoz bilan Yevropada birinchi o’rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, EUROCONTROL tashkilotining mart oyiga doir hisobotiga ko’ra, Istanbul aeroporti 17 ming 407 nafar parvozni amalga oshirib, Yevropa bo’yicha yetakchilik qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar