Matbuot sharhlari 26.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1608878
Matbuot sharhlari 26.03.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Reutersdan Erdo’g’an-Biden tahlili” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Reuters xabar agentligi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va AQSh prezidenti Jo Biden munosabati haqida maqola chop etdi. Maqolada Erdo’g’an “Avvalo Turkiya” deb talab qo’ygani, AQSh va Rossiyaning talablarini va Turkiyaga zarar beradigan har qanday siyosiy rejalarni qat’iyan rad etganligi bildirildi.

“Bu holat Bidenni qiynaydi. Turkiya avvalgi Turkiya emas”,-deyiladi maqolada.

 

Hurriyat gazetasi: “Yevroittifoq rahbarlari sammitida Turkiya bilan hamkorlik taklifi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevroittifoq rahbarlari sammitida Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi. Shuningdek, Turkiya bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni, jumladan tomonlarni qiziqtirgan sohalarda konstruktiv muloqotlarni yo’lga qo’yishga tayyor ekanligi qayd etildi.

 

Star gazetasi: “Turkiya Istanbul finans markazi bilan bazaga aylanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Rivojlangan 8 davlat iqtisodiy hamkorlik (D-8) tashkiloti bosh kotibi Dato Ku Jaafar Ku Shaari Turkiya haqida mulohazalarini bildirdi.

“Istanbul finans markazi mutlaqo Turkiyani qayta jonlantiradi va jahon miqyosida finans operatsiyalari bazasiga aylantiradi. Dunyodagi turli davlatlarning e’tiborini o’ziga jalb qiladi deb o’ylayman. Turkiya ushbu loyiha bilan bir qancha xalqaro bankning investitsiyasini ham jalb qilishi mumkin”,-dedi tashkilot bosh kotibi.

 

Vatan gazetasi: “Emina Erdo’g’an BMT global maqsadlar harakati mukofotiga loyiq deb topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Erdo’g’anning turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an “Nol-chiqindi” loyihasi doirasida amalga oshirgan faoliyatlari munosabati bilan BMT taraqqiyot dasturining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan “Global maqsadlar harakati mukofoti”ga loyiq deb topildi.

 

Sabah gazetasi: “Ukrainadan Kapadokiyaga parvozlar boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina havo yo’llari haftada ikki marta Turkiyaning Kapadokiya shahriga charter reyslarini boshladi. Birinchi reysda Kapadokiyaga kelgan 180 nafar sayyoh gullar bilan kutib olindi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar