Matbuot sharhlari 24.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1607184
Matbuot sharhlari 24.03.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan diplomatik sa’y-harakatlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Draghi bilan telefon orqali muloqot qildi. So’ngra, Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan videokonferensiya orqali uchrashuv amalga oshirdi.

Erdo’g’an Italiya bosh vaziri bilan bo’lgan uchrashuvda Turkiya va Italiya o’rtasidagi savdo hajmi, migratsiya inqirozi, vizani bekor qilish va boshqa ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Merkel bilan bo’lgan uchrashuvida esa, Turkiya Egeyda va Sharqiy O’rta yer dengizida taranglik emas, balki hamkorlik tarafdori ekanligi qayd etildi. Shu bilan birga, muzokaralarni samarali o’tkazish uchun Gretsiyani bunga jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

Sabah gazetasi: “Yevroittifoq Turkiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Reuters xabar agentligi bu hafta o’tkaziladigan Yevroittifoq rahbarlari sammiti yakuniy dekloratsiyasi matniga tayanib bergan xabarida yetakchilar Yevrokomissiyadan Turkiya bilan Bojxona ittifoqini yangilash bo’yicha muzokaralarga ruxsat berilishini talab qiladi. Shuningdek, Suriya xalqiga mezbonlik qilgani uchun Turkiyaga yana ham ko’proq moliyaviy yordam ko’rsatish masalasiga e’tibor qaratiladi. Qolaversa, Turkiya va Yevroittifoq o’rtasida oliy darajali muzokaralar va diplomatik uchrashuvlar jadallashtiriladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “PKK/YPG Iroq va Suriyaga ham xavf solmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Belgiya poytaxti Brusselda NATO tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ma’ruza qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, terror tashkilotlari PKK va YPG Iroq va Suriyaga tahdid solganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya terrorizmga qarshi kurashini davom ettiradi.

Chavusho’g’li o’z navbatida, Turkiya yaqinda Afg’onistondagi tinchlik jarayoni bilan bog’liq oliy darajali muzokaraga mezbonlik qilishini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Xitoydan Turkiyaga rasmiy tashrif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi. Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi 24-26 mart kunlari Turkiyada bo’ladi. Uchrashuvlarda mamlakatlar o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Oliy martabali mehmonning Turkiya prezidenti tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya Bangladeshga hamdardlik bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Bangladeshda Arakan musulmonlari yashab kelayotgan Cox Bazardagi lagerda ro’y bergan yong’inda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Bangladesh hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

“Turkiya Roxinya musulmonlariga har qanday gumanitar yordam ko’rsatish faoliyatlarini jadallik bilan davom ettiradi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar