Matbuot sharhlari 19.03.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1604544
Matbuot sharhlari 19.03.2021

Vatan gazetasi: Chanoqqal’a dengiz galabasining 106 - yilligi nishonlandi. Chanoqqal’a g‘alabasining 106 - yilligi va 18 - mart shahidlarni yodga olish kuni munosabati bilan tarixiy Gelibo‘lu yarimorolidagi shahidlar obidasida marosim uyushtirildi. Unda, Chanoqqal’a dostonining qahramonlari yodga olindi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yuborgan maktubida, “Tarix, tuproqlarimizni ishg‘ol etishga uringanlarni mag‘lubiyatga uchratgan ko‘plab ibrat bo‘luvchi saboqlar bilan to‘ladir”. - dedi.

Sabah gazetasi: Hulusi Akardan AQSh va Gretsiya haqida bayonot. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) PKK/ YPG terror tashkiloti bilan emas Turkiya bilan hamkorlik qilishi kerakligini, to‘g‘risining ham bu ekanini qayd etdi. Gretsiyaning esa Egey va O‘rta yer dengizidagi ig‘vogar tusdagi harakatlarining qabul qilinishi imkonsiz ekanini belgilab o‘tgan Akar, “Bular, muammolarni hal qilishga hissa qo‘shmaydi. Bular bilan hech nima qilinmasligini hamma bilishi kerak”. - deya gapirdi.  

Star gazetasi: Yevropa ittifoqidan (YI) yaqinlashish qadamlari. Yevropa ittifoqi, Turkiya bilan Sharqiy O‘rta yer dengizidagi taranglik ortidan paydo bo‘lgan ijobiy tusdagi munosabatni saqlab qolish va muammolarning hal qilinishi uchun muloqatni davom ettirish niyatida. YI rasmiylaridan biri Turkiyaning Yevropa ittifoqi uchun qanchalik muhimligini yana bir bor ta’kidlagan holda, “AQSh bilan muzokaralarimizda Turkiya mavzulardan birini tashkil etmoqda. Turkiya, Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishga nomzod davlatdir. Yaqin qo‘shni va NATOga a’zo. AQSh bilan uchrashuv olib borar ekanmiz Turkiya haqida Rossiya yoki Xitoy haqida gaplashganimizdek  gaplasholmaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Hürriyet gazetasi: Tatar: “Maqsadimiz ShKTR mustaqilligini qabul qildirish”. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, Kipr masalasining milliy va mustaqillik masalasi ekanini qayd etdi. Barcha say - harakatlarining mavjud ShKTR mustaqilligini qabul qildirish ekanini ta’kidlagan Tatar, turk askarlarining esa orolda har doim qolishini bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Casper, birinchi mahalliy telefoni VIA F20ni sotuvga qoyishni taklif qildi. Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning Turkiyada faoliyat olib borish tashabbuslari davom etar ekan texnologiya markasi Casper, birinchi mahalliy uyali telefonini sotuvga qo‘yishni taklif qildi. Smartfon ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qilgan Casperning birinchi mahalliy modeli VIA F20 deb qayd etildi. Telefondan tashqari planshet va kompyuter mahsulotlarida ham faoliyat olib borgan Casper, mahalliy telefon ishlab chiqarish faoliyatlari bilan oxirgi texnologiyalarni turk foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilish niyatida ekanini e’lon qildi.  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar