Matbuot sharhlari 15.03.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1601536
Matbuot sharhlari 15.03.2021

Star gazetasi: Erdogan: “Dunyoning eng yetakchi davlatlari qatoridamiz”. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, 14 - mart shifokorlar bayrami munosabati bilan tibbiy tarmoqda faoliyat olib borgan xodimlarni tabrikladi. Unda, insoniyatning sog‘lik - salomatlik jihatidan oxirgi bir asrning eng jiddiy falokatlaridan biriga duch kelinganini yodga solgan holda, “(Covid - 19) Eng xavfli guruhlardan boshlatilgan emlash faoliyatlarida dunyoning eng yetakchi davlatlari qatoridamiz. Hech shubhasiz bu muvaffaqiyatdagi eng yirik hissa, kechayu - kunduz demay isnonlarning salomatligi uchun kurashgan tibbiy xodimlarimizga oitdir”. - dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Kosovaning Quddusda elchixona ochganini qoraladi. Tashqi Ishlar vazirligi Kosovaning Quddusda elchixona ochishini chuqur qayg‘u bilan qarshi olganini bildirgan holda, vaziyatni keskin qoraladi.  

Hürriyet gazetasi: THY, yolovchilarni forum boyicha ogohlantirdi. Turk Havo yo‘llari (THY), Turkiyaga kelmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarning bugundan e’tiboran uchishlaridan oldingi oxirgi 72 soat ichida, "http://register.health.gov.tr" veb - saytidan Turkiyaga kirish forumini to‘ldirishlari kerakligini bildirdi.

Vatan gazetasi: Akinji nomidagi Turk Uchuvchisiz havo vositasining ajoyib muvaffaqiyati. Turkiyaning samodagi yangi kuchi Akinji nomidagi Turk Uchuvchisiz havo vositasi yana bir sinovdan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi. Baykar tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Akinji PT - 2 ning (Akinji prototip - 2 Uchuvchisiz havo voistasi), Murakkab tizim identifikatsiyalash testini muvaffaqiyatli ravishda tamomlagani belgilab o‘tilgan holda, “Muvaffaqiyatli tamomlangan har bir test, Akinjini yana bir qadam vazifasiga yaqinlashtirmoqda. Samolarimizda hur ve erkin”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Sabah gazetasi: Van koli, NASAning favoritlari orasida. NASA, 20 yildan ortiq vaqtdan buyon Xalqaro kosmik stansiyasida xizmat qilgan astronotlar tomonidan tasvirga olingan dunyoning 20 davlatiga oid fotosuratlarni o‘z ichiga olgan online musobaqada, Van ko‘lining kosmosdan tasvirga olingan manzarasiga ham o‘rin berdi. Bu vaziyat Van va Bitlisda quvonch yaratdi. Van ko‘lining, dunyoning eng yirik sodali ko‘li ekani haqidagi ma’lumotga ham o‘rin berilgan fotosurat, qisqa vaqtda minglab kishi tomonidan yoqtirildi.



Aloqador xabarlar