Matbuot sharhlari 11.03.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1599378
Matbuot sharhlari 11.03.2021

Haber Türk gazetasi: Akkuyuda uchinchi energiya bloki qurilish ishlarining ta’mal toshi qoyildi. Kecha  “Akkuyu” AESining uchinchi energiya bloki qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda nutq so‘zlagan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “Milliy energiya poydevorimizga atom kuchini ham ilova qilishga qaror qildik. Bu energiyaga bo‘lgan talabni qondirish jihatidan tashlangan strategik qadamlarimizdan biridir. Maqsadimiz atom elektr stansiyasini qurish bilan atrof - muhitga hech qanday ziyon yetkazmaydigan atom energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir", - dedi.  Erdo‘g‘an shuningdek, yadroviy tarmoqda muvaffaqiyatlilar ligasiga kirgan Turkiya bo‘lishini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

Hürriyet gazetasi: Mevlut Chavushoglu: “Markaziy Osiyoda ochiladigan birinchi Maorif fondi maktabi boladi”. - dedi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lar ekan ushbu tashrifi chog‘ida Qirg‘izistonda Maorif fondining maktablar ochishini va to‘rt tilda ta’lim berishini bildirdi. Chavusho‘g‘lu: Maorif maktabi, Markaziy Osiyoda ochiladigan Maorif fondi maktabi bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa Qirg‘izistonga bo‘lgan e’tiborimizning ko‘rsatkichidir”. - dedi.

Vatan gazetasi: Hulusi Akar albaniyalik kasbdoshi bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha poytaxt Anqarada Albaniya Mudofaa vaziri Niko Peleshi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro va mintaqaviy xavfsizlik va mudofaa masalalari bilan mudofaa sanoatidagi hamkorlik imkonlari borasida fikr almashildi.

Sabah gazetasi: Turkiya - Gretsiya ortasidagi yangi uchrashuvning qachon ekani ma’lum boldi. Tashqi Ishlar vazirligi Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuvning shu yilning 16 - 17 mart kunlari Afinada bo‘lib o‘tishini bildirdi.

Star gazetasi: Turk zirhli vositasi Ejder Yalchin 4x4 ning ketma - ket muvaffaqiyati. Turk mudofaa sanoatida ishlab chiqarilgan taktik qildirakli zirhli vosita, Ejder Yalchin 4x4, eksportda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlariga yangilarini ilova etmoqda. Ham NATO ham da Birlashgan Millatlar faoliyatida foydalanilgan yagona Turk vositasi bo‘lish baxtiga erishgan Turk zirhli vositasi Ejder Yalchin 4x4, bundan buyon dunyo markaziga aylandi.

 



Aloqador xabarlar