Matbuot sharhlari 03.03.2021

Turkiya matbuotidan sharhlar...

1593941
Matbuot sharhlari 03.03.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an Inson huquqlari bo'yicha harakatlar rejasini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Inson huquqlari bo'yicha harakatlar rejasini e’lon qildi.

“O’ziga mustaqil va kuchli jamiyat, yana ham demokratik Turkiya” deb atalgan harakatlar rejamiz 11 tamoyildan iborat. Bu jarayon natijasida maqsad (9), rejalar (50) va belgilangan faoliyatlarni (393) o’z ichiga olgan hujjatlar to’plami hosil bo’ldi. Ushbu harakatlar rejasi 2 yil ichida tayyorlandi”,-dedi Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “Turkiyaning yordamini hech qachon unutmaymiz!” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kuni kecha Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov Turkiyaga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon Turkiyada tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li hamda madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y bilan uchrashdi.

“Qardosh Turkiyaning yordamini nafaqat Tog’li Qorabog’ urushida, balki butun tarix mobaynida qalbimizda his qildik. 100 yil avval ham Kavkaz islom qo’shini bilan birga Ozarbayjonni, Bakuni ishg’oldan qutqargandik. Mana Tog’li Qorabog’ni ham sizning yordamingiz bilan ishg’oldan qutqardik. Turkiya davlatiga va qardoshlarimizga minnatdorlik bildiramiz. Yordamingizni hech qachon unutmadik va unutmaymiz!”,-deb aytgan Anar Karimov.

 

Vatan gazetasi: “Fevral oyida eksport hajmida yuqori ko’rsatgich” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya savdo vaziri Ruhsor Pekjon fevral oyiga doir eksport ko’rsatgichiga e’tibor qaratdi.

“Joriy yilning fevral oyida eksportimiz 9.6 foiz o’sish bilan 16 mlrd 12 mln dollarni tashkil qildi. Natijada, shu kungacha fevral oyining eng yuqori ko’rsatgichiga erishgan bo’ldik”,-dedi Turkiya savdo vaziri.

 

Sabah gazetasi: “Turk droni SIHA AQSh matbuotining bosh sahifalarida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ayniqsa uchuvchisiz havo vositalari bo’lmish IHA droni va qurolli droni SIHA jahon matbuotining diqqatini o’ziga jalb etmoqda. Amerika matbuotida yana turk qurolli dronlari haqida xabar chop etildi. “Defense News” nashri tomonidan chop etilgan xabarda turk qurolli dronlari haqida ijobiy so’zlar yozildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropa bo’yicha yetakchilik qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  EUROCONTROL tashkiloti joriy yilning 22-28 fevral kunlarini o’z ichiga olgan hisobotida, kunlik o’rtacha parvozlar soni bo’yicha o’tgan hafta Yevropa miqyosida eng gavjum aeroport Istanbul aerporti deb topilganini ma’lum qildi. Istanbul aeroporti kunda 501 nafar parvozni amalga oshirib, Yevropa bo’yicha ilk o’rinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar