Matbuot sharhlari 02.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1593204
Matbuot sharhlari 02.03.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyada karantin cheklovlari yumshatildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an koronavirusga qarshi kurashga bag’ishlangan vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng bayonot berdi.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiyada 81 viloyat koronavirusga chalinish holatiga ko’ra, 4ta toifaga bo’lindi. Bunga ko’ra, past va o‘rta xavfga ega viloyatlarda dam olish kunlari komendantlik soati to‘liq bekor qilinadi, yuqori va o‘ta yuqori xavfga ega hududlarda esa faqat yakshanba kuni uydan chiqish cheklanadi.

 

Sabah gazetasi: “Xazina va moliya vaziri Lutfi Elvan Turkiya iqtisodiyotidagi o’sish darajasini baholadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya iqtisodiyoti 2020 yilda 1.8 foiz, 2019 yilning so’nggi choragida esa 5.9 foiz rivojlandi. “Global pandemiya tufayli murakkab sharoitni boshidan o’tkazgan 2020 yilni o’sish ko’rsatgichi bilan yakunlagan nodir davlatlardan biri bo’ldik”,-dedi Xazina va moliya vaziri Lutfi Elvan.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyada ishlab chiqarilgan elektro parom Norvegiyada sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi”

Xabarga ko’ra, Norvegiyaning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Erling Skjonsberg internet tarmoqlarida Turkiyada ishlab chiqarilgan elektro paromning video tasvirlarini e’lon qildi.

“Turkiyada ishlab chiqarilgan dunyoning eng keng hajmli elektro paromi NB42 Norvegiyada sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi”,-dedi Norvegiya elchisi.

 

Star gazetasi: “Fransiya mahsulotlariga qarshi boykot kompaniyasi ko’zlangan maqsadga erishdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Jahon musulmon olimlar ittifoqi a’zosi Shayh Sag’ir Fransiya mahsulotlariga qarshi boykot kompaniyasi o’z kuchini ko’rsatganligini bildirib, Turkiya va Pokistonning bunga munosabati uchun ikkala mamlakat yetakchilariga minnatdorlik bildirdi.

 

Vatan gazetasi: “Salda ko’li uchun UNESCO dunyo tabiiy merosiga murojaat qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Burdur viloyati Yeshilova tumanida joylashgan Salda ko’lining dunyo tabiiy merosi deb tan olinishi uchun UNESCOga murojaat qilindi. Salda ko’li muhofaza qilish jamiyati tomonidan berilgan murojaatnomada, ko’lning muhofaza qilinishi kerakligi qayd etilib, uning ekologik va ilmiy jihatdan ahamiyatiga e’tibor qaratildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar