Matbuot sharhlari 25.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1590546
Matbuot sharhlari 25.02.2021

 

Sabah gazetasi: “Bir tomchi qonning javobi ham so’raladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiyaning 2-kongressida ma’ruza qildi.

“Terrorizmga qarshi kurashimiz o’z samarasini bera boshladi. Qolaversa, terror guruhlari safiga qo’shilganlar sonida jiddiy pasayish kuzatildi. Mamlakatimiz birdamligiga rahna solayotgan xoinlardan, to’kkan bir tomchi qonning ham javobi so’raladi”,-dedi Turkiya prezidenti o’z ma’ruzasida.

 

Hurriyat gazetasi: “Moody’s Turkiyaning o’sish tahminlarini yuqori pog’onaga ko’tardi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, xalqaro kredit darajalantirish tashkiloti Moody’s Turkiyaning 2021 yilda o’sish tahminini 3.5 foizdan 4 foizga, 2022 yilga oid tahminlarni esa 4 foizdan 5 foizga ko’tardi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Istanbul aeroporti xalqaro aeroportlar kengashining iqlli aerportlar ro’yxatiga kiritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul aeroporti xalqaro aerportlar kengashi tomonidan berilgan birinchi darajali Uglerod emissiyasi sertifikatini olishga muvaffaq bo’ldi.

 

Star gazetasi: “Kleopatra plyaji Yevropaning eng yaxshi plyajlari ro’yxatiga kiritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, jahon miqyosida millionlab insonlar tomonidan turistik muassasalar ko’zdan kechirilgan xalqaro internet saytida o’rin olgan reytingda 2021 yilning eng yaxshi plyajlari ro’yxati e’lon qilindi. Turkiyaning Antaliya shahridagi Kleopatra plyaji ushbu ro’yxatdan o’rin oldi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya 2021 yilda ham rus sayyohlar e’tiborida bo’ladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya firmasi “Yandex.Travel” Rossiyada taxminan 10 ming kishi ishtirokida olib borgan anketada, ishtirokchilarning 68 foizi joriy yilda ham Turkiyada dam olish istagini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar