Matbuot sharhlari 22.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1588284
Matbuot sharhlari 22.02.2021

 

Xabar turk gazetasi: “AQSh Eronga sanksiya berishdan voz kechishi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo’g’an suhbat chog’ida AQShning yangi hukumati Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalardan voz kechib, Eron xalqi farovonligi oldidagi nohaq to’siqlarni olib tashlashidan umidvorligini tilga oldi.  

 

Sabah gazetasi: “Faxriddin Altun: PKKning qatliomlarini unutmaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun twitter orqali Iroqning Gara hududidagi PKK qatliomlari haqida video tasvir namoyish qildi.

“Qo’li qonga bulangan PKK terror tashkiloti 1984 yildan buyon Turkiyada ayollar, bolalar va keksalar demasdan qatliom sodir etib kelmoqda. Ba’zilari buni ko’rmaslikka olsa-da PKKning qatliomlarini unutmadik va unutmaymiz!”,-deb yozadi Faxriddin Altun twitterdagi sahifasida.

 

Vatan gazetasi: “Rossiyadan Turkiya bilan hamkorlikda S-400 majmualarini ishlab chiqarish bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati rahbari o’rinbosari Aleksey Frolkin S-400 havo mudofaa tizimlarini Turkiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarish bo’yicha bayonot berdi. Frolkin Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorlik bo’yicha muzokaralar davom etganligini ma’lum qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaga to’g’ridan xorijlik investorlarning jalb qilinishi kutilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada iqtisodiyot va huquq sohasidagi islohotlarning to’g’ridan investitsiyasini jadallashtirish kutilar ekan, bu jarayonda xorijliklarning avtomobil, ho’jalik ashyolari, dasturiy ta'minot va logistika sektorlariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Investorlarning Turkiyaga e’tibor ko’rsatishining asosiy sabablaridan biri foyda qilinadigan muhit, sifatli ishchi kuchi, investitsiya muhitining jozibadorligi va logistika bo’yicha sharoitlar sifatida ko’zga tashlanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar