Matbuot sharhlari 10.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1581020
Matbuot sharhlari 10.02.2021

Vatan gazetasi: Prezident: “2023 - yili oyga chiqamiz”. - dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqarada joylashgan Beshtepa Xalq kongressi va madaniyat markazida Kosmik agentligi tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishda nutq so‘zladi. Erdo‘g‘an unda, “Milliy Kosmik dasturidagi eng ustivor maqsadimiz, respublikamizning 100 - yilligida (2023) oyga birinchi qadamni bosishdir. Xudo xohlasa oyga ketyapmiz. Tayyorgarligi boshlagan oy dasturi orqali bu maqsadni ikki bosqichda tamomlash niyatidamiz”. - dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Ibrahim Kalin, Makronning diplomatik masalalar boyicha birinchi maslahatchisi Bonne bilan uchrashdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning diplomatik masalalar bo‘yicha birinchi maslahatchisi Emmanuel Bonne bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda, o‘zaro munosabatlar bilan Turkiya - Yevropa ittifoqi aloqalari, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Yuqori Qorabog‘, Suriya va Liviya masalalari qo‘lga olindi.

Hürriyet gazetasi: Omer Chelik Markaziy Ijroiya kengashi ortidan bayonotlar berdi. Adolat va taraqqiyot partiyasining Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, kecha partiyasining Markaziy Ijroiya kemgashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, turk askarlarining Kiprdagi o‘rnining doimiy ekanini va u yerni tark etmasligini ta’kidladi.

Sabah gazetasi: THY yana choqqida. Turk Havo yo‘llari Yevropaning aeronovigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) ma’lumotiga ko‘ra, bu oyning birinchi haftasida bir kunda o‘rtacha 588 uchish bilan Yevropaning cho‘qqisidagi o‘z o‘rnini oldi. Air France esa kundalik 381 uchish bilan 2 - qatorga kiritildi.

Haber Türk gazetasi: Yanvar oyida choy eksportidan 1.6 million dollar daromad qolga kiritildi. Turkiyadan yanvar oyida dunyoning 60 davlatiga 392 tonna choy eksport qilinib undan, 1 million 643 ming 128 dollar daromad qo‘lga kiritildi. Belgiya, Germaniya va Isroil Turkiyadan eng ko‘p choy xarid qilib olgan davlatga aylandi.  

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar