Matbuot sharhlari 02.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1575744
Matbuot sharhlari 02.02.2021

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdogan haydovchisiz elektronik avtobusning birinchi yolovchisi boldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an turk muhandislar tomonidan ishlab chiqarilgan haydovchisiz elektronik avtobus Electricni sinab ko‘rdi. Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi postida “Vazirlar kengashimizga turk muhandislari tomonidan ishlab chiqarilgan dunyoning birinchi seriyaviy ishlab chiqarilgan to‘rtinchi saviyadagi haydovchisiz elektronik avtobusi Atak Electric bilan ketyapmiz”. - dedi.

Star gazetasi: Chavushoglu: “Turkiya ozi hisobot tayyorlaydi”. Bugungacha Yevropa ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Turkiya va boshqa davlatlar ustidan hisobotlar tayyorlaganini qayd etgan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi sifatida har yili qaysi mamlakatda islom dushmanligi, chet elliklarga bo‘lgan dushmanlik, irqchilik mazmunida nimalar ro‘y berganini kayd etib, ularni butun dunyoga oshkor qilamiz. Bundan buyon Turkiya ham o‘z hisobotini dunyo uchun qalamga olishni davom etadi”. - dedi.

Sabah gazetasi: Milliy Mudofaa vaziri Akardan “Turkiya - Rossiya mushtarak markazi” haqida bayonot. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Tog‘li Qorabog‘da o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini himoya qilish uchun xizmat qiladigan Turkiya - Rossiya Mushtarak markazining faoliyatga tushganini belgilab o‘tgan holda, “Umidimiz, tilagimiz boshqa barcha faoliyatlar bilan birga bu markazning ham qo‘shgan hissasi bilan o‘q uzishni butunlay to‘xtatish, barqarorlikning ta’minlanishi, tinchlik va huzurning mintaqada o‘rnashidir”. - dedi.  

Haber Türk gazetasi: Fatih Donmez: Neft qazib chiqarishda 2020 - yili 1.5 million barrelga oshdi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez neft qazib chiqarishda 2020 - yili 2019 - yilga nisbatan 1.5 million barrelga ortgan holda 22 million barreldan ko‘payganini ma’lum qildi.

Vatan gazetasi: Turizmda ajoyib yangilik! Turkiya tarixida birinchi marotaba...” Antaliya shahar kengashidagi Turizm mehnati guruhi rahbari Rejep Yavuz, turizm tarmog‘ida 12 oyning eng samarasiz oyi bo‘lgan yanvar oyining 2020 - yilning iyul, avgust va sentabr oylaridan o‘zib, 2 million 287 ming sayyoh bilan chempion bo‘lganini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar